Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 164 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA CHUNGCHONGNAM-DO PROVINTSIYASINING QO’SHMA MADANIY TADBIRIDA KOREYALIK GUBERNATORGA FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETINING FAXRIY PROFESSORI DIPLOMI TOPSHIRILDI

×

 2024-05-06 23:21:15    4831

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Koreya Respublikasining Chungchongnam-do provintsiyasi gubernatori Kim Tae Xeum boshchiligidagi delegatsiya vakillari uchun viloyat teatr va kontsert saroyida kontsert dasturi ham tashkil etildi.

Mazkur tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona viloyati va Koreyaning Chungchongnam-do provintsiyasi o’rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko’tarilayotganligini qayd etib, Kim Tae Xeumga va delegatsiya a'zolariga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda Farg’ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov Chungchongnam-do provintsiyasi gubernatori Kim Tae Xeumga universitet faxriy professori ilmiy unvonini taqdim qildi.

Kim Tae Xeum ushbu e'tirof uchun cheksiz minnatdorligini izhor qilib, Farg’ona davlat universiteti faxriy professori sifatida farg’onalik talabalarning Koreyada ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun harakat qilishga va'da berdi.

Shundan so’ng Sun Moon universiteti taekvondo jamoasi tomonidan taqdim etilgan shou hamda viloyatimizdagi san'at sohasi vakillarining milliy qo’shiqlar va ularga hamohang raqslar ketma-ketligi barcha ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram