Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA IJRO INTIZOMI BO’YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2024-05-07 18:36:56    4548

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi kichik majlislar zalida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarni o’z vaqtida, aniq va to’laqonli amalga oshirilishini tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirish mavzusida amaliy seminar o’tkazildi.

Unda viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Shohidbek Aslonov, Adliya vazirligi mas'ul xodimi Jamshidbek Boboyev, viloyatimizdagi boshqarma va tashkilotlari hamda Zoom platformasi orqali shahar va tuman hokimliklarining ijro intizomiga mas'ul xodimlari ishtirok etdilar.

Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad - soha uchun mas'ul bo’lganlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarini o’z vaqtida, sifatli bajarilishini ta'minlash, aniqlangan muammolar va ularni hal etish bo’yicha choralarni muhokama qilishdan iborat ekanligi qayd etildi.

Seminarda ishtirok etgan ushbu yo’nalishda faoliyat olib boruvchi xodimlarga ishlarni olib borish tartiblari, tegishli hujjatlar haqida yana bir bor qo’shimcha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, qaror va topshiriqlarining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi elektron tizimida ijrosini alohida nazorat qilish bo’yicha ham to’xtalib o’tildi.

Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram