Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMINING BIRINCHI O’RINBOSARI BESHARIQ TUMANINING CHEGARA HUDUDIDAGI ANDARXON MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O’TKAZDI
2024-05-08 17:25:54 4183
Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov bugun Beshariq tumanining Tojikiston bilan chegaradosh hududi – Andarxon mahallasida sayyor qabul o’tkazdi. Qabulda tuman hokimi Rasuljon Jo’rayev, tegishli viloyat boshqarma va tashkilotlari, davlat va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabul davomida fuqarolarning tadbirkorlikka ko’maklashish, bank kreditlari ajratish, bandlik, yashash sharoitlarini yaxshilash masalalaridagi murojaatlari, shuningdek, ichki yo’llarni ta'mirlash, hududda toza ichimlik suvi ta'minotini hamda tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini oshirish borasida takliflari ko’rib chiqildi.
Murojaatlarning ko’pi qabul davomida o’z yechimini topgan bo’lsa, hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlarni mutasaddilarga qo’shimcha o’rganish bo’yicha topshiriqlar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash masalasida ko’maklashishni so’rab murojaat qilgan fuqarolarga shu joyning o’zida banklar tomonidan imtiyozli kredit asosida elektromotorollerlar, mayda shoxli chorva mollari va tikuv mashinalari taqdim etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram