Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 224 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UCHKO’PRIKDA MAMLAKATIMIZDA BIRINCHI BO’LIB PILLA TERIMIGA KIRISHILDI

×

 2024-05-08 19:47:43    4266

PDF yuklash
Chop etish


Uchko’prik tumani pillakorlari mamlakatimizda birinchi bo’lib joriy yilgi qishloq xo’jaligi mavsumining chilgi hosili – “kumush tola”ni yig’ib olishga kirishishdi.

Tumanning “Katta Bahrin” MFY hududida yashovchi Nodira va Fotima Ahmedovalar xonadonida 4 quti ipak qurti boqildi. Mahalliy iqlim sharoitiga tez moslashgan yangi ipak qurti 19 kunda dasta o’rashga kirib, ko’zni quvnatadigan darajada sifatli pilla hosili yetishtirildi va terish boshlandi.

Dastlabki pilla hosilini yig’ib olish jarayonida Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo’mitasi raisi Iqboljon Ergashev, viloyat hokimining o’rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Komila Kavlonova, tuman hokimi Qodirjon Erkaboyev ishtirok etdilar.

Hosilga baraka tilab, duo qilindi. Ipak qurti parvarishida jonbozlik bilan mehnat qilayotgan kasanachilarga maxsus esdalik sovg’alari topshirildi.

Joriy yilda Farg’ona viloyatida mazkur tarmoqda 160 mingdan ortiq mavsumiy va doimiy ish o’rinlari yaratish maqsad qilingan. Hozirda 17 ta shahar-tumanda ipak qurti boquvchilar hududlar kesimida 6 ta pillachilik klasteriga biriktirilib, birinchi mavsum yumushlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Shu tariqa bu yil viloyatda 46 ming 436 quti ipak qurti parvarishlanishi orqali 2786 tonna tirik pilla yetishtirish rejalashtirilgan.

Ta'kidlash joiz, ipak qurti urug’ini to’liq mahalliylashtirish bo’yicha Farg’ona tajriba maktabini yaratish bo’yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlar doirasida hozirning o’zida viloyatda respublika ehtiyoji uchun zarur bo’ladigan yillik ipak qurti urug’ining 80 foizini yetkazib berish imkoniyati yaratildi. Ozuqa bazasini yanada yaxshilash maqsadida viloyatdagi 3 ming 700 gektar tut plantatsiyasi har bir gektarining 10 sotixida tajriba tariqasida o’rama tutzorlar barpo etilyapti. Innovatsion usulda tashkil etilayotgan bunday tutzorlardan yil davomida foydalanish mumkin.

Umuman olganda, keyingi yillarda viloyatda pillachilik tarmog’ini jahon andozalari darajasida rivojlantirish borasida ko’plab istiqbolli loyihalar amaliyotga keng joriy etilishi natijasida pilla xom ashyosini to’liq sanoat usulida qayta ishlash yo’lga qo’yildi. Tut bargidan choy ishlab chiqarish, farmatsevtika sohasida yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy hamkorlik ko’lami tobora kengayib borayotgani ham e'tiborga loyiq.

Farg’ona viloyatida joriy yilda pillachilik tarmog’ida 10 million dollarlik eksportni amalga oshirish maqsad qilinganining o’zi ushbu soha imkoniyati va salohiyati yildan-yilga yuksalib borayotganidan dalolat beradi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram