
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
IKKINCHI JAHON URUSHIDA ERISHILGAN BUYUK G’ALABANING 79 YILLIGI MUNOSABATI BILAN FARG’ONA SHAHRIDAGI “MOTAMSARO ONA” HAYKALI POYIGA GULCHAMBARLAR QO’YILDI

2024-05-09 10:52:46 3991
Bugun erta tongdan Farg’ona shahridagi "Vatanparvarlar bog’i"da 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g’alabaning 79 yilligi munosabati bilan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, hokim o’rinbosarlari, kotibiyat va guruh rahbarlari birgalikda viloyat hokimligi nomidan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo’yilib, o’tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Shuningdek, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Oybek Saidov, viloyat mudofaa, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlovchi organlari rahbarlari, viloyat boshqarmalari va tashkilotlari boshliqlari va xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ham majmua poyiga gulchambarlar qo’yishdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram