Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA O’ZBEKISTON ENDOKRINOLOGLARINING III XALQARO KONGRESSI O’Z ISHINI BOSHLADI
2024-05-13 11:35:06 2885
Bugun Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti majlislar zalida O’zbekiston endokrinologlarining III xalqaro Kongressi o’z ishini boshladi.
“Innovatsiya va integral endokrinologiya” mavzusida o’tkazilayotgan anjumanda viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Shoxidbek Aslonov, respublikamizdagi ushbu tizimning mas'ul vakillari, mahalliy hamda xorijlik taniqli mutaxassislar ishtirok etmoqdalar.
Sog’liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov onlayn ishtirok etib, anjumanni kirish so’zi bilan ochib berdi hamda Kongress ishiga omad tiladi.
Anjumanda so’z olganlar bugungi kunda endokrinologiya sog’liqni saqlashning ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligi, tibbiyot amaliyotida yangi texnologiya va tashxislash usullarini o’zlashtirish va joriy etish, rivojlantirish, tibbiyot muassasalarini zamon talablari darajasida eng zamonaviy tashxislash uskunalari bilan jihozlash, mamlakatimizda endokrinologiya sohasida ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarga to’xtaldilar.
13-14 may kunlari o’tkazilishi belgilangan Kongress ishida endokrin xizmatga oid dolzarb muammolar, semizlik, qandli diabet, bolalar endokrinologiyasi, yod tanqisligi va qalqonsimon bez kasalliklari, neyroendokrinologiya va aholining reproduktiv salomatligi, erkaklar va ayollar salomatligini muhofaza qilish muammolari va vazifalari ustuvor etib belgilangan.
Anjumanda yetakchi xorijlik tibbiyot xodimlari endokrinologiya sohasidagi yutuqlar va ilmiy tadqiqotlar bilan bo’lishadilar, tajriba almashiniladi.
Ushbu nufuzli tadbir O’zbekistonlik va xorijlik tibbiyot mutaxassislari o’rtasida samarali tajriba almashish, endokrinologiyaning eng dolzarb muammolarini muhokama qilish va kelgusida tibbiyotning ushbu sohasini rivojlantirish istiqbollarini belgilashga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram