Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISH VA ULARNI BARTARAF ETISH BO’YICHA YIG’ILISH BO’LIB O’TDI

×

 2024-05-14 13:59:13    2411

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha respublika ishchi guruhining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Mazkur yig’ilishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tashkiliy-tahlil boshqarmasi boshlig’i - shtab boshlig’i o’rinbosari Xurshid Sadirov, viloyat hokimining o’rinbosari Xojiqo’zijon Isaqov, viloyatdagi korxona va tashkilotlar, o’ta muhim va toifalangan ob'ektlar rahbarlari, shahar-tuman hokimlarining qurilish masalalari bo’yicha o’rinbosarlari ishtirok etdi.

Ma'lumki, joriy yil 14-23 may kunlari Respublika ishchi guruhi tomonidan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish Davlat tizimi Farg’ona viloyati hududiy quyi tizimining aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va Fuqaro muhofazasi shuningdek, yong’in xavfsizligini ta'minlash sohasida tayyorgarlik holatini kompleks tekshirish va uslubiy yordam ko’rsatish tadbirlarini o’tkazilishi belgilangan.

Bugungi yig’ilishda o’tkaziladigan kompleks tekshiruvlar mazmun-mohiyati, tekshiruv davomida o’rganiladigan savollar, tekshiruv o’tkazish tartiblari xaqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ushbu tadbirdan ko’zlangan maqsad viloyat FVDT xizmatlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha olib borilayotgan tadbirlarni o’rganish, ularga xolisona baho berish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan asoslangan takliflarni ishlab chiqishdan iborat ekanligiga to’xtalib o’tildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram