Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQARO OILA KUNI VILOYATIMIZDA KENG NISHONLANDI

×

 2024-05-15 15:18:24    4467

PDF yuklash
Chop etish


BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan 1993 yildan boshlab 15 may sanasi jahon miqyosida Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Bugun Marg’ilon shahridagi “Ijodkorlar bog’i”da viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan ushbu sanaga bag’ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

“Ayoli e'zozlangan yurt” shiori ostida o’tkazilgan tadbirning ochilish marosimida viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Komila Kavlanova so’z olib, bugungi globallashuv zamonida oila institutini har tomonlama himoya qilish, qo’llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so’z yuritdi.

Tadbirda ko’pni ko’rgan yoshi ulug’ nuroniy onaxonlar hamda shahrimizda uzoq yillardan buyon ahil va inoq turmush qurib kelayotgan namunali oilalar vakillari ishtirok etishdi.

Davra suhbati tarzida davom etgan tadbirda ular yangi hayot ostonasida turgan yosh oilalarga o’zlarining boy hayotiy tajribalari haqida so’zlab, oila deb atalmish muqaddas qo’rg’onni mustahkamlash, uni hamisha himoya qilish kerakligi haqida ta'kidladilar.

Bayram tadbirida shahar Madaniyat uyi san'atkorlari hamda shahardagi 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ijrosida kuy va qo’shiqlar yangradi.

Tadbir davomida o’zbekona kiyinish madaniyatini, milliy an'analarimizni keng targ’ib qilishga qaratilgan “Nafosat” ko’rik-tanlovi viloyat bosqichi g’oliblari hamda “Ayollar daftari”da turgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar ishtirokida sportning stol tennisi, basketbol, arqon tortish, arg’imchoqda sakrash kabi turlari bo’yicha o’tkazilgan musoboqalar g’oliblari tantanali taqdirlandi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram