Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA HARBIY-MA'MURIY SEKTORI RAHBARI VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI
2024-05-15 17:09:40 4719
Bugun viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Oybek Saidov hamrohligida desantchilar harbiy qismining poligonida bo’lib, bu yerda Vatan posbonlari uchun yaratilgan sharoitlar, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi hamda poligonda o’tkazilayotgan "Jasorat maktabi" harbiy-o’quv yig’inida ishtirok etayotgan yoshlar bilan muloqot o’tkazdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 12 yanvar kuni o’tkazilgan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig’ilishida berilgan topshiriqlar va ko’rsatmalardan kelib chiqib viloyatimizda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali harbiy xizmatga qiziqtirish, kasb-hunar va tadbirkorlik sohasiga o’qitish maqsadida viloyat xokimligi, Sharqiy harbiy okrug, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etgan va moyilligi bo’lgan, ichki ishlar bo’limlarida profilaktik hisobda turuvchi yoshlar bilan 6 maydan 15 mayga qadar Farg’ona dala-o’quv maydonida “Armiya – vatanparvarlik va jasorat maktabi!” harbiy-vatanparvarlik o’quv yig’ini o’tkazildi.
“Jasorat maktabi” harbiy-o’quv yig’iniga viloyatimizdagi birinchi sektorga biriktirilgan 100 nafar yoshlar jalb qilindi.
10 kun davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotda o’z o’rnini topishlari, ularni kasb-hunarga o’rgatish, bandligini ta'minlash hamda yurtimiz kelajagi uchun dahldorlik hissini uyg’otishni maqsad qilgan yig’in dasturiga asosan yoshlar ishtirokida tonggi badantarbiya, seminarlar, jangovar va saf tayyorgarligi, sport musobaqalari va yana qator o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi.
“Jasorat maktabi” harbiy-o’quv yig’inining so’nggi kunida harbiy-ma'muriy sektori rahbari va yoshlar uchrashuvi ham o’tkazildi.
Viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektori rahbari Xayrullo Bozorov tengdoshlari safida harbiy hayotni his qilish imkonini bergan “Jasorat maktabi” yig’inida ishtirok etgan yoshlar bilan muloqotda vatanparvarlik oiladan boshlanishiga e'tibor qaratdi, o’z tarixini bilish, birdam va ahil bo’lish muhim ekanligini ta'kidladi.
Vatanparvar bo’lish uchun avvalo ilmli, kasb-hunar egasi bo’lish kerakligi uqtirildi. Xorijda migrant bo’lib, kasb-hunarli bo’lmasdan, tilni bilmasdan kam ish haqiga ishlab yurgan hamyurtlarimiz haqida ham to’xtalib o’tildi.
O’quv kurslarida xorijiy tillarni o’rganib, rivojlangan davlatlarda o’z sohasining yetuk mutaxassisi bo’lib, yuqori oylik beruvchi tashkilotlarda ishlash vaqti kelganligi va buning uchun barcha choralar mavjudligi qayd etildi.
Yoshlarga birinchi navbatda niyat xolis bo’lishi kerakligi, niyatni amalga oshirish uchun aniq maqsad bo’lishi va maqsadga erishish uchun esa to’g’ri yo’l, o’qish, izlanish kerakligi bo’yicha tushunchalar berildi.
Yoshlar o’zlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, viloyat hokimi va Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoniga savollar bilan yuzlandilar hamda kerakli tavsiya va tushunchalar oldilar.
Uchrashuv so’nggida “Jasorat maktabi” harbiy-o’quv yig’inida faol ishtirok etgan bir guruh yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram