Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ROSSIYANING MICHURINSK ILM-FAN SHAHARCHASI BILAN QISHLOQ XO’JALIGIDA INNOVATSIYALAR SOHASIDA HAMKORLIK QILINADI

×

 2024-05-16 17:56:00    3847

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi Rossiyaning Tambov viloyatida joylashgan Michurinsk ilm-fan shaharchasida (naukograd) bo’lib, qishloq xo’jaligi sohasida ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta'minlash hamda bu jarayonga innovatsiyalarni joriy qilish bo’yicha hamkorlik aloqalarini o’rnatish yuzasidan uchrashuvlar o’tkazdi.

Viloyatimiz vakillari Michurinsk davlat qishloq xo’jaligi universitetida bo’lib, Michurinsk ilm-fan shaharchasining iqtisodiy va ilmiy-innovatsion salohiyati bilan tanishdilar, oliygoh qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini ko’zdan kechirdilar.

Michurinsk davlat qishloq xo’jaligi universiteti rektori Sergey Jidkov va Michurinsk shahar merining o’rinbosari Dmitriy Neuymin viloyatimiz delegatsiyasi a'zolariga o’rganish jarayonida hamrohlik qildilar.

Dastlab universitet professor-o’qituvchilari va talabalari tomonidan tashkil etilgan Peyzaj parki ko’zdan kechirildi, qishloq xo’jaligi ekinlarining selektsiyasi, mahalliy sharoitlarga adaptatsiyasi amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bilan tanishildi. Shuningdek, delegatsiyamiz vakillari qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish texnologiyalari, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida ham bo’ldilar.

Michurinsk davlat qishloq xo’jaligi universitetida qo’lga kiritilgan ilmiy yutuqlarni hamda tajribadan o’tkazilgan innovatsion metodlarni Farg’ona viloyati qishloq xo’jaligi sohasiga tatbiq etish bo’yicha ish tashkil etishga kelishib olindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram