![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZDA OILAVIY QADRIYATLARNI SAQLASH VA RIVOJLANTIRISHGA MUNOSIB HISSA QO’SHIB KELAYOTGAN 19 TA OILAGA “IBRATLI OILA” KO’KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/238a9c004fdf32842bf64.jpg)
2024-05-16 18:44:19 3979
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizdagi shahar va tumanlardan bittadan, jami 19 ta oilaga Davlatimiz rahbarining Farmoni va Hukumat qarori bilan ta'sis etilgan “Ibratli oila” ko’krak nishonlarini tantanali topshirdi.
Farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo’shgan oilalarga joriy yil ilk bor berilayotgan “Ibratli oila” ko’krak nishoni Xalqaro oila kuni tadbirlari doirasida topshirildi.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi, jamiyatimiz tayanchi, millat tarbiyasining manbasi bo’lgan oila milliy qadriyatlar beshigi ekanini ta'kidlab, bu bebaho boylikni kelajak avlodga bezavol yetkazish eng muhim masala ekaniga e'tibor qaratdi. Farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglashi, his etishini qayd etgan Xayrullo Bozorov, millatning, davlatning kuchli bo’lishi oilalarning mustahkamligiga, ularning milliy qadriyatlarga, ma'naviy-axloqiy printsiplarga sodiqligiga bog’liq ekanini ta'kidladi.
![](https://telegra.ph/file/238a9c004fdf32842bf64.jpg)
![](https://telegra.ph/file/28da0f89ece6fc9c8ec75.jpg)
![](https://telegra.ph/file/ac083113702e974764fc5.jpg)
![](https://telegra.ph/file/29507d51641a4b6c32884.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d83e1a749a57bc355b153.jpg)
![](https://telegra.ph/file/03cc052ae0c90ef92c262.jpg)
![](https://telegra.ph/file/3432e28ff24c432b7bc97.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d88084171d5363468f2ce.jpg)
![](https://telegra.ph/file/65ea914c85a9f24e53fa2.jpg)
![](https://telegra.ph/file/0ff1780091fcb77746131.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram