Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASIDA ISHTIROK ETDI
2024-05-16 19:26:29 4072
Bugun Xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashining navbatdagi bir yuz yettinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahardan saylangan viloyat Kengashi deputatlari, shahar sektorlari rahbarlari, shahar hokimining tegishli o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala – Shaharni ishsizlik va korruptsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko’cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish yuzasidan 2024 yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan shahar sektorlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Amalga oshirilgan ishlar ko’lami va sifati yuzasidan shahar barcha sektorlari rahbarlari faoliyatini, ayniqsa, shahar prokurori va shahar soliq inspektsiyasi boshlig’i olib borgan ishlarni qoniqarsiz baholagan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, shaxsiy mas'uliyatni oshirish hamda belgilangan reja va dasturlar, investitsion loyihalar ijrosini to’la ta'minlash, yangi ish o’rinlari yaratish va aholi bandligini ta'minlash bo’yicha tizimli ish tashkil etish yuzasidan qat'iy ko’rsatmalar berdi.
Shuningdek, tanqidiy ruhda o’tkazilgan ushbu sessiyada shaharda kommunal xizmat ko’rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari ham eshitilib, aholi muammolari bilan bog’liq masalalarni hal qilishda ular tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar ko’rsatib o’tildi.
Shaharda “mahalla yettiligi” tomonidan o’z xizmat vazifalarining bajarilishi holati va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi masala yuzasidan muhokamalarda o’ziga yuklatilgan xizmat vazifalari ijrosini ta'minlamagan, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda jiddiy xato va kamchiliklarga yo’l qo’ygan qator mas'ullarga intizomiy chora ko’rilishi belgilandi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram