Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 182 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI MARG’ILON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI TANQIDIY MUHOKAMALAR OSTIDA O’TDI

×

 2024-05-16 20:06:43    4223

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashining navbatdagi sakson yettinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahardan saylangan viloyat Kengashi deputatlari, shahar sektorlari rahbarlari, shahar hokimining tegishli o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, MFYlar vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala – Marg’ilon shahrini ishsizlik va korruptsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko’cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish yuzasidan 2024 yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan shahar sektorlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, shahar sektorlari rahbarlari tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni va amalga oshirilgan ishlarni o’ta qoniqarsiz baholadi. Yo’l qo’yilgan kamchiliklar qattiq tanqid qilindi.

Shahar sektorlari rahbarlariga joriy yil uchun belgilangan dasturlar va berilgan topshiriqlar ijrosini to’la ta'minlash, mahallalar infratuzilmasini yangilash, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo’yicha ishlar ko’lamini oshirish, aholi bandligini ta'minlash, yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, sektorlar hududlaridagi kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq va qat'iy vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, tanqidiy ruhda o’tkazilgan ushbu sessiyada shaharda kommunal xizmat ko’rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari ham eshitilib, shaharda elektr, gaz, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash va yo’llarni ta'mirlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning joriy yil yakuniga qadar har bir mahalla kesimida reja-jadvallari muhokama qilindi.

Shaharda “mahalla yettiligi” tomonidan o’z xizmat vazifalarining bajarilishi holati va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi masala yuzasidan ham muhokamalar o’tkazildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram