
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMLIGIDA ITALIYANING O’ZBEKISTONDAGI ELCHISI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

2024-05-17 21:49:54 3791
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizda bo’lib turgan Italiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Farg’ona viloyati va Italiya hududlari o’rtasida o’zaro savdo va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan yangi tashqi siyosat natijasida so’nggi yillarda O’zbekistonning YEvropa mamlakatlari, shu jumladan, Italiya bilan aloqalari jadal sur'atlarda yuksalib borayotgani, bu jarayonda hududlararo hamkorlikni ham rivojlantirish va kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Sanoat, xususan, tekstil yo’nalishida, shuningdek, qishloq xo’jaligi, oliy ta'lim, turizm sohalarida hamkorlikni yo’lga qo’yish, viloyatimiz hunarmandchilik mahsulotlarini Italiyada keng tanitish, Italiyada tashkil etiladigan xalqaro ko’rgazmalarda viloyatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan ishtirok etish kabi masalalarda kelishib olindi.
Hududlararo to’g’ridan to’g’ri hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, Farg’ona viloyati hamda Italiyaning tekstil markazi bo’lgan Prato provintsiyasi o’rtasida birodarlashuv aloqalarini o’rnatish istiqbollari muhokama qilindi.
Farg’ona viloyati hokimligi va viloyat ishbilarmonlari delegatsiyasining Italiyaga safari dasturini ishlab chiqish hamda uni o’zaro manfaatli natijalar bilan amalga oshirish bo’yicha hamkorlikda ish tashkil etishga kelishildi.
Uchrashuvda viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov ham ishtirok etdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram