Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASIDA VILOYAT SEKTORLARI RAHBARLARINING HISOBOTLARI ESHITILDI
2024-05-18 18:27:51 3183
Viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi oltmish sakkizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining tegishli o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Sessiyani viloyat hokimi, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Xayrullo Bozorov olib bordi.
Sessiyada viloyatni ishsizlik va korruptsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko’cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish yuzasidan 2024 yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan sektorlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o’z hisobotida ta'kidlaganidek, Davlatimiz rahbarining 2024 yil 9 yanvardagi “Yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko’maklashish dasturi to’g’risida”gi qarori ijrosini o’z vaqtida va to’liq ta'minlash maqsadida joriy yilda viloyatimizda 328,5 ming nafar aholining bandligini ta'minlash bo’yicha sohalar, yo’nalishlar va oylar kesimida rejalar tasdiqlab olingan bo’lib, 15 may kuniga 107 ming nafardan ziyod fuqaroning bandligi ta'minlandi, belgilangan reja-grafik hozirgi kun holatiga, 9 foizga bajarildi.
Bu borada hududlarda tashkil etilayotgan ishlab chiqarish korxonalari bilan bir qatorda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish ham muhim o’rin tutayotganini qayd etgan viloyat hokimi, xonadonida atirgulchilik, ko’chatchilik bilan shug’ullanib yiliga 200-300 mln. so’m daromad topayotgan oilalarni misol qilib keltirdi. Davlatimiz rahbarining g’amxo’rliklari natijasida yurtimizda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga katta moliyaviy manbalar yo’naltirilayotganiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, Farg’onada azaldan mavjud bo’lgan oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda mahallalarning tadbirkorlikka ixtisoslashuvini kengaytirish uchun katta imkoniyat va sharoit mavjudligini ta'kidladi.
Aholini daromadli mehnat bilan ta'minlashda yoshlarga sifatli ta'lim berish hamda zamonaviy kasb-hunarlarga o’qitishga viloyatimizda alohida e'tibor qaratilayotganiga to’xtalgan viloyat rahbari, rivojlangan davlatlar mehnat bozorida ham malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori ekanini, chet davlatlar fuqarolarimizga yuqori maosh to’lanadigan, yaxshi sharoitlarga ega ish o’rinlari taklif etishayotganini ta'kidlab, xorijda mehnat faoliyati olib borish istagida bo’lgan fuqarolarning kasbiy bilim va til ko’nikmalariga ega bo’lishi muhimligini qayd etdi.
Viloyat bo’yicha mahallalarga biriktirilgan banklar va hokim yordamchilari tomonidan tanlab olingan 6 438 ta kam daromadli xonadonlarga daromad manbasini shakllantirish uchun ko’mak berilib, 13 857 nafar aholining bandligi ta'minlangani ma'lum qilindi. Ushbu maqsadlar uchun tijorat banklari tomonidan 88 mlrd. so’mdan ziyod kredit va 3,2 mlrd. so’mlik homiylik mablag’lari yo’naltirildi.
Biznesni rivojlantirish banki instrumentlari asosida tashabbuskorlarga 1 ming 437 ta mikroloyihalar uchun 129,4 mlrd. so’m miqdorida kreditlar ajratildi. “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida doimiy daromadga ega bo’lmagan jismoniy shaxslar uchun banklar tomonidan 17 mln. so’mgacha bo’lgan miqdorda 4 ming 422 nafar fuqarolarga jami 33 mlrd. so’m garovsiz kredit ajratildi.
Bu boradagi ishlarni izchil davom ettirgan holda, joriy yilning o’zida viloyatdagi 1063 ta mahallalardan 140 tasini ishsizlikdan to’la holi hududga aylantirilishi ma'lum qilindi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig’i Azizbek Ikramov, viloyat soliq boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari Dilmurod Bakubayevning hisobotlari ham deputatlarga taqdim etildi.
Sessiya davomida viloyatimizda kommunal xizmat ko’rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, "Hududgaz Farg’ona" gaz ta'minoti filiali, "Farg’ona suv ta'minoti" MChJ, viloyat avtomobil yo’llari hududiy boshqarmasi rahbarlarining hisobotlari ham eshitilib, elektr, gaz, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash va yo’llarni ta'mirlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning joriy yil yakuniga qadar har bir shahar va tuman kesimida reja-jadvallari muhokama qilindi. Bu borada aholi murojaatlari ko’p tushayotgan hududlarda viloyat Kengashi deputatlari ishtirokida qo’shimcha o’rganishlar o’tkazilishi belgilandi.
Ko’rilgan masalalar yuzasidan savol-javoblar o’tkazilib, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram