Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
O’ZBEKISTON TUMANIDAGI “MURUVVAT” NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLAR UCHUN AYOLLAR INTERNAT UYIDA “ONALARGA EHTIROM” BAYRAM TADBIRI HAMDA XAYRIYA SAVDO YARMARKASI O’TKAZILDI
2024-05-18 20:20:19 3333
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga O’zbekiston tumanidagi Qudash “Muruvvat” nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida bo’lib, “Onalarga ehtirom” bayram tadbiri hamda internat uyida yashovchi xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar xayriya savdo yarmarkasida ishtirok etdi.
Tadbir avvalida so’z olgan viloyat hokimi Davlatimiz rahbari boshchiliklarida so’nggi yillarda yurtimizda inson qadrini yuksaltirish yo’lida katta ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidlab, bu xayrli tadbirlarning yaqqol namunasini 360 nafar bemor ayollar davolanayotgan ushbu maskanda yaratilgan sharoitlar misolida ko’rish mumkinligini aytib o’tdi.
“Obod xonadon - obod ko’cha - obod mahalla” mezonlari hayotga tatbiq etilgan “Sulaymon” mahallasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish jarayonida mahalla o’yingohidagi tashkil etilgan ko’rgazmalarda ushbu internat uyi ayol-qizlari tomonidan qo’l mehnati orqali tayyorlangan mahsulotlar barchani lol qoldirgani va viloyat rahbarlarining birgalikda ushbu jarayonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida ushbu maskanga tashrif buyurilganligi qayd etildi.
Ushbu internat uyida yashovchi ayol-qizlar ham jamiyatimizning faol qatlami ekanligi, ularning ham orzu havaslari bir olam ekanligiga alohida urg’u berildi. Ularning qo’l mehnati bilan yaratilgan san'at asarlariga tasanno aytish kerakligi ta'kidlandi. Prezidentimiz tomonidan Muruvvat uylariga berilayotgan e'tibor, u yerda yaratilayotgan qulay sharoitlar, endi jamiyatimizda hech bir inson mehr, e'tibordan chetda qolmasligining dalolati ekanligi aytildi.
Tadbir davomida mehrga tashna qalblarga xursandchilik ulashildi, nogironligi bo’lgan ayollarga guldastalar va esdalik sovg’alari, maskan uchun esa qo’shimcha zamonaviy tikuv mashinalari taqdim etildi.
Nogironligi bo’lgan hamyurtlarimizni qo’llab-quvvatlash, ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotishda ko’maklashish xamda kasb-hunar egallashga rag’batlantirish maqsadida o’tkazilgan xayriya tadbiriga taklif qilingan viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ham mahsulotlarni sotib olib, ushbu xayrli tashabbusga o’z hissalarini qo’shdilar.
Qayd etilishicha, muassasadagi 100 nafardan ziyod ayollar katta qiziqish va ishtiyoq bilan tikuvchilik, to’quvchilik, gul yasash, kashtachilik va rasm chizish kabi mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ullanadi.
Shu kuni viloyat hokimi boshchiligidagi mutasaddilar muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, yordamchi xo’jaliklar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram