Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON TUMANIDA BARPO ETILGAN ZAMONAVIY MEHMONXONA KATTA TANTANA BILAN FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-05-18 21:20:14    4181

PDF yuklash
Chop etish


Bugun O’zbekiston tumanining Qulibek mahallasida tadbirkor Rustamjon Hakimov tashabbusi bilan barpo etilgan zamonaviy uch yulduzli mehmonxona tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkillangan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat va tuman sektorlari rahbarlari, nuroniylar xamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“Madinah Travel 2022” MChJ tomonidan barpo etilgan 70 o’rinli “Madinah Plaza Hotel” mehmonxonasining loyiha qiymati 11 mlrd. so’mni tashkil etib, shundan 3 mlrd. so’m tijorat banklari krediti, qolgan summa esa korxonaning aylanma mablag’lari hisobiga to’g’ri keladi. Mehmonxona ishga tushishi natijasida 32 ta ish o’rni yaratildi.

24 ta nomerdan iborat ushbu mehmonxonada shuningdek, avtoturargoh, sport zal, bolalar maydonchasi, 3 ta favvora, 70 kishilik konferents-zal, 5 ta restoran, 1 ta milliy taomlar oshxonasi va boshqa qulayliklar tashkil etildi.

Mazkur mehmonxona yurtimiz aholisi va xorijlik sayyohlarga qulayliklar yaratish, mamlakatimizda, xususan, viloyatimizda turizmni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram