Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“SULAYMON” MAHALLASIDA NURONIYLAR MASKANINING FOYDALANISHGA TOPSHIRISH TADBIRI “UCH AVLOD” UCHRASHUVI BILAN DAVOM ETDI
2024-05-18 21:48:20 6250
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbekiston tumani “Sulaymon” mahallasidagi Nuroniylar maskanining foydalanishga topshirish marosimi hamda ushbu maskanda tashkil etilgan “Uch avlod” uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi, “Obod xonadon - obod ko’cha - obod mahalla” tamoyili asosida “Sulaymon” mahallasida oqsoqollarning maslahatlari, tashabbuskor tadbirkorlarning say'-harakatlari bilan salmoqli ishlar amalga oshirilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Bugungi uchrashuv otaxon-onaxonlar, yoshlar ishtirokida o’tayotgani, bu ham qadriyat, ham tarbiya tadbiri ekanligi qayd etildi. Shu kabi uchrashuvlarda yoshlarning ishtirok etishi, ularning bir-biriga mehr-oqibatli, hurmatda bo’lishga undashi, ularning yurtga sadoqatli insonlar bo’lib kamolga yetishida nuroniylarimizning o’gitlari va yo’l-yo’riqlari nihoyatda muhim ekanligi ta'kidlandi.
Tadbirkor Mirahmad Akbarov marhum otasining niyatlarini amalga oshirib, o’z mablag’i hisobiga mahallada Nuroniylar maskanini qurilishiga bosh bo’ldi. Bugun otasining tengdoshlari diydorlashishlari, bir piyola choy ustida suhbat qurishlari uchun sharoit yaratib berib, ularning duolarini olmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram