Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV BOSHQIRDISTONDA TA'LIM OLAYOTGAN O’ZBEKISTONLIK TALABALAR BILAN UCHRASHDI

×

 2024-05-24 19:03:19    1387

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya 4 kunlik amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasida hamda Sverdlovsk viloyatida bo’lib qaytdi.

Tashrifning birinchi kunida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Ufa shahridagi YEvrosiyo ilmiy-ta'lim markazi qoshidagi oliygohlararo talabalar kampusida Boshqirdistonda ta'lim olayotgan o’zbekistonlik, shu jumladan, farg’onalik talabalar bilan uchrashdi.

Boshqirdistondagi o’nlab yirik oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan 1127 nafar talabalar vakillari bilan muloqot shaklida o’tkazilgan uchrashuvda Boshqirdiston Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Rustam Muradov, Boshqirdiston Fan va ta'lim vazirining o’rinbosari Inessa Kosolapova ham ishtirok etdilar.

Viloyat rahbari yoshlarga zamonaviy ilmlarni egallashning bugungi hayotdagi, qolaversa, har bir mamlakat rivojidagi katta ahamiyati haqida o’z fikrlarini bildirdi. Bugungi kunda viloyatimizda malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyoj haqida to’xtalgan viloyat hokimi, yoshlarni o’qishni tamomlagach, viloyatimizga qaytib, jamiyat ravnaqi yo’lida xizmat qilishlariga umid bildirdi.

Talabalar o’zlarining Boshqirdistondagi o’qish va hayot sharoitlari, kelgusi rejalari borasida o’rtoqlashdilar, ularni hayotga tatbiq etishda maslahat va ko’mak so’radilar. Har bir taklif va tashabbusni o’rganib chiqish hamda hayotga tatbiq etishga ko’maklashish bo’yicha uchrashuvda ishtirok etgan viloyat mas'ullariga vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, o’zbekistonlik talabalarning o’z sohalari bo’yicha ta'lim jarayonidan tashqari vaqtda mehnat faoliyati olib borishlariga shart-sharoit yaratish masalasida Boshqirdiston mutasaddilari tomonidan amaliy yordam berilishi belgilandi.

Farg’ona viloyati va Boshqirdiston yoshlari o’rtasida har tomonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida ikki hudud yoshlari vakillaridan iborat qo’shma guruh tashkil etishga kelishib olindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram