Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA YETISHTIRILGAN QISHLOQ XO’JALIGI VA SANOAT MAHSULOTLARINING BOSHQIRDISTON ORQALI ROSSIYA HUDUDLARIGA KENG KO’LAMLI EKSPORTI YO’LGA QO’YILADI, SANOAT SOHASIDA QO’SHMA LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI

×

 2024-05-24 20:01:02    1386

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya, Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif davomida Boshqirdiston poytaxti – Ufa shahrida Boshqirdiston Respublikasining savdo va xizmatlar bo’yicha vaziri Aleksey Gusev boshchiligidagi savdo sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan, shuningdek, Sanoat, energetika va innovatsiyalar vazirining o’rinbosari Rustam Nabiullin boshchiligidagi yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar o’tkazdi.

Boshqirdistondagi yirik savdo kompaniyalari, logistika markazlari, supermarketlar tarmoqlari, riteylerlar rahbarlari bilan o’tkazilgan uchrashuvda Farg’ona viloyatida yetishtirilgan qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlarining Boshqirdiston hududiga eksportini kengaytirish, shuningdek, 500 km. radiusda 5 ta yirik millioner-shahar bilan chegaradosh bo’lgan, Rossiyaning muhim transport yo’laklari kesishgan nuqtada joylashgan Boshqirdistonni ikki hudud tadbirkorlari hamkorligida Farg’ona mahsulotlarini Rossiya bo’ylab tarqatish markaziga aylantirish masalalari muhokama qilindi. Boshqirdiston savdo va xizmatlar bo’yicha vaziri Aleksey Gusev buning uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Ufa yaqinida barpo etilayotgan, Rossiyadagi ko’plab federal savdo tarmoqlari vakolatxonalari ham o’rin oladigan mega savdo-logistika majmuasi loyihasida farg’onalik tadbirkorlarning ishtirokini ham ta'minlash masalasi yuzasidan fikr almashildi. Farg’onadan yetkazib berilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ulgurji sotishgina emas, balki Boshqirdiston hududida qayta ishlash hamda Rossiyadagi savdo-tarmoqlari uchun mos o’lchamlarda qadoqlashni yo’lga qo’yish istiqbollari ham ko’rib chiqildi.

Uchrashuv davomida Boshqirdistonning “Agro Respublika” kompaniyasi bilan Farg’onadagi “Export-Import Quality” MChJ o’rtasida viloyatimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiyaning yetakchi federal savdo tarmoqlariga doimiy yetkazib berish, “Tuymazinskiy ovoщevod” korporativi hamda viloyatimizdagi “Energy-Land” MChJ o’rtasida Farg’onadan gilos, o’rik, shaftoli va boshqa mahsulotlarni Ufa orqali Rossiya bozoriga eksport qilish, shuningdek, viloyatimiz hududida qo’shma fermer xo’jaligi tashkil etish hamda “Agrovoltaika” tizimiga asoslangan yirik zamonaviy issiqxona barpo etish borasida kelishib olindi.

Sanoat, energetika va innovatsiyalar vazirining o’rinbosari Rustam Nabiullin boshchiligidagi yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar rahbarlari bilan o’tkazilgan uchrashuvda qurilish materiallari, mebel va yog’ochsozlik sanoati mahsulotlari, maishiy texnikalar, qazish va burg’ulash texnologiyalari ishlab chiqarishda hamkorlikda qo’shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

Ufa tramvay-trolleybuslar zavodi direktori Sergey Yakovlev O’zbekiston hukumati jamoat transporti uchun Xitoydan elektrobuslar harid qilayotganiga e'tibor qaratib, Farg’ona viloyatida nisbatan arzon elektrobuslar yig’ishni yo’lga qo’yish masalasini o’rganib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Barcha kompaniyalar vakillari uchun iyun-iyul oylarida Farg’onaga biznes-tashrif tashkil etish va muhokama qilingan loyihalarni amalga oshirish bo’yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram