Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI VA BOSHQIRDISTON O’RTASIDA QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK ALOQALARI KENGAYADI
2024-05-24 20:27:32 1488
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif davomida Ufa shahridagi Respublika Boshqaruv markazida Boshqirdiston Bosh vazirining o’rinbosari – Boshqirdiston Respublikasining qishloq xo’jaligi vaziri Ilshat Fazraxmanov boshchiligidagi qishloq xo’jaligi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv o’tkazdi.
Muloqot davomida ikki hudud o’rtasida qishloq xo’jaligi sohasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish, viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning taklifi bilan Boshqirdiston hududida birgalikda kartoshka, kungaboqar, dukkakli ekinlar yetishtirib uni Farg’ona viloyatiga eksportini yo’lga qo’yish, chorvachilik, asalarichilik sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Farg’ona viloyati asalarichilar uyushmasi bilan Boshqirdiston asalarichilik agentligi o’rtasida doimiy hamkorlik o’rnatish, viloyatimiz hududida boshqird asalarilari oilalarini yetishtirish hamda birgalikda Rossiyaga va boshqa davlatlarga eksportini yo’lga qo’yishga kelishib olindi.
Boshqirdistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikda viloyatimiz hududida sut mahsulotlarini hamda meva-sabzavotlarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish borasida ham ish tashkil etiladigan bo’ldi.
Boshqirdiston uchun yangi bo’lgan tekstil sohasini rivojlantirish maqsadida kanop o’simligi yetishtirish va undan tola olish borasida farg’onalik qishloq xo’jaligi sohasi tadbirkorlarining tajribalaridan foydalanishga kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram