Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV VA BOSHQIRDISTON RAHBARI RADIY XABIROV UCHRASHUVI: FARG’ONALIK TADBIRKORLARGA BOSHQIRDISTONDA CHORVACHILIK VA DEHQONCHILIK QILISH UCHUN YER MAYDONLARI AJRATILADI

×

 2024-05-24 21:10:51    1567

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg’ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif davomida Ufa shahridagi Respublika Boshqaruv markazida Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati va Boshqirdiston Respublikasi o’rtasida hududlararo amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy, madaniy, turizm va ko’plab sohalarda keng ko’lamli aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O’zbekiston va Rossiya davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodalari va ezgu tashabbuslari bilan ikki davlat o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalar tobora kuchayib borayotgani, Farg’ona va Boshqirdiston o’rtasida ham o’zaro savdo aylanmasi hajmi salmoqli o’sib borayotgani uchrashuv davomida alohida qayd etildi.

2023 yil oktyabr oyida Qozon shahrida bo’lib o’tgan O’zbekiston – Rossiya hududlararo hamkorlik  III forumi davomida imzolangan Farg’ona viloyati hokimligi bilan Boshqirdiston Respublikasi hukumati o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha 2023–2025 yillarga mo’ljallangan chora-tadbirlar rejasi izchil amalga oshirilayotgani e'tirof etildi.

Farg’ona viloyatida yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining Rossiyaga eksportini kengaytirish maqsadida Boshqirdiston hududida maxsus savdo uylari va bozorlar, agro-logistika markazlari va saqlash omborlari tashkil etish masalasi alohida muhokama qilindi va to’la qo’llab-quvvatlandi. Farg’onalik tadbirkorlar uchun alohida yer maydonlari ajratish va davlat ko’magini ko’rsatishga kelishib olindi.

Mazkur yo’nalishda Farg’onaning “ENERGY-LAND” MChJ hamda Rossiyaning “VKUSARGO” MChJ kompaniyalari o’rtasida Quva tumanida qiymati 50 mln. dollar va Ufa shahrida qiymati taxminan 16 mln. dollar bo’lgan “Agrologistika markazlarini tashkil etish” loyihasi amalga oshiriladigan bo’ldi.

Ikki hudud rahbarlarining uchrashuvida Xayrullo Bozorov tomonidan viloyatimiz tadbirkorlariga Boshqirdiston hududida g’alla, kartoshka, kungaboqar, dukkakli ekinlar va boshqa turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda chorvachilik loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratib berish taklifi ham o’rtaga tashlandi. Bunda yetishtirilgan mahsulotlarni O’zbekiston bozoriga eksport qilinishi ko’zda tutilmoqda.

Radiy Xabirov ushbu taklifni ma'qullab, bu maqsadda Boshqirdiston hududidan 10 ming gektargacha yer maydoni ajratishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Ushbu loyihalarga viloyatimizdan dastlabki sarmoya kiritish imkoniyatiga hamda sohada tajribali ishchi-xodimlarga ega tadbirkorlar jalb etilishiga, Boshqirdiston tomonidan ularni moliyaviy yordam va texnologiyalar bilan qo’llab-quvvatlanishiga kelishib olindi. Tomonlar yaqin muddatda mazkur kelishuv yuzasidan bitim imzolashga kelishdilar. Farg’ona viloyatida hozirda keng ommalashgan qishloq xo’jaligida tomchilab sug’orish tizimlari Boshqirdiston uchun ham dolzarblik kasb etishga boshlaganini qayd etgan Radiy Xabirov, viloyatimiz tadbirkorlari bu masalada ham o’z tajribalari bilan o’rtoqlashishlari foydali bo’lishini ta'kidladi.

Ta'lim, madaniyat va turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham uchrashuv kun tartibidan o’rin oldi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov, Boshqirdiston Bosh vaziri Andrey Nazarov hamda Bosh vazirning birinchi o’rinbosari Rustam Muradov ham ishtirok etdilar.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram