Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI RAHBARLIGIDAGI FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASI BOSHQIRDISTONDA YIRIK ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI VA QISHLOQ XO’JALIGI KOMPANIYALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

×

 2024-05-24 22:19:24    1551

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya, Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif davomida Boshqirdiston Respublikasidagi yirik ishlab chiqarish korxonalari va qishloq xo’jaligi kompaniyalari faoliyati bilan tanishdi.

Viloyatimiz vakillari dastlab nafaqat Rossiya, balki YEvropaning ham eng yirik biotexnologik kompaniyalaridan biri – “Bashinkom” ilmiy-tadqiqot korxonasida bo’ldilar.

Hozirgi kunda o’simlikchilik va chorvachilik tarmoqlari uchun 250 turdagi ekologik toza mikrobiologik preparatlar hamda bioo’g’itlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan ushbu korxona Boshqirdiston hududidagi 6 ta zavod hamda 5 ta laboratoriyani o’z ichiga oladi. Korxonada 100 nafardan ziyod qishloq xo’jaligi va biologiya sohasidagi fan doktorlari va fan nomzodlari, ilmiy xodimlar faoliyat olib boradi.

Viloyatimiz delegatsiyasiga korxona faoliyati haqida taqdimot o’tkazildi, mahsulotlar bilan tanishtirildi. Toshkentdagi “Yangi O’zbekiston” bog’i hududiga ekilgan ko’chatlarni parvarishlashda ham aynan ushbu korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar qo’llanilishi ma'lum qilindi.

Viloyat hokimining taklifi bilan Farg’onadagi “Swiss agro” MChJ O’zbekiston-Shveytsariya qo’shma korxonasi hamda “Bashinkom” o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda viloyatimizda qo’shma ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga kelishildi.

Viloyatimiz vakillari Boshqirdistonning yirik agrosanoat majmuasi – APK “Alekseevskiy” faoliyati bilan ham tanishdilar. Davlat unitar qishloq xo’jalik korxonasi sifatida o’z faoliyatini boshlagan majmua, hozirgi kunda ilg’or texnologiyalarini qo’llagan holda barcha mahsulotlari uchun “daladan do’kongacha” bo’lgan uzluksiz yetkazib berish zanjirini yaratgan ilg’or hissadorlik jamiyati hisoblanadi. 700 dan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qilayotgan “Alekseevskiy” agrosanoat majmuasi ochiq ekin maydonlari, issiqxonalar, o’z savdo do’konlari, chorvachilik fermasi, mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash liniyalari, sutni va go’shtni qayta ishlash korxonalari, un va un mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi, konditerlik tsexi, yem zavodi va boshqa qator tuzilmalarni o’z ichiga oladi.

Delegatsiya tarkibida bo’lgan qishloq xo’jaligi klasterlari rahbarlari tomonidan ushbu agrosanoat majmuasi tajribasini o’rganish hamda hamkorlikda viloyatimizda tatbiq etish borasida kelishib olindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram