Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BOSHQIRDISTONDAGI “EVRAZIYA” AGROPARKIDA O’ZBEKISTONLIK MEVA-SABZAVOT YETKAZIB BERUVCHILAR UCHUN YANADA QULAY SHAROITLAR TAQDIM ETILADI

×

 2024-05-24 22:47:34    1788

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya, Boshqirdiston poytaxti Ufa shahridagi “Evraziya” Agroparkida bo’ldilar.

Rossiyaning Povolje mintaqasidagi ulgurji meva-sabzavot savdosiga ixtisoslashgan eng yirik majmualardan biri hisoblangan “Evraziya” Agroparki rahbari Muzaffar Islamov viloyatimiz vakillarini sotuvchilar va xaridorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishtirdi. Agropark hududida ko’plab o’zbek taomlari oshxonalari mavjudligi, bozor ma'muriyatida o’zbekistonlik ko’pchilikni tashkil etishi e'tibor tortdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov majmuada viloyatimizda yetishtirilgan mahsulotlarni sotayotgan farg’onaliklar bilan suhbatlashdi, o’zbekistonlik hamyurtlarimiz bilan muloqot qildi.

Viloyatimizning meva-sabzavot eksportchilari hamda “Evraziya” Agroparki mutasaddilari ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda Farg’onada yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini Boshqirdiston orqali Rossiya hududlariga keng eksport qilishda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muzaffar Islamov viloyat rahbariga yangi tashkil etilayotgan ulgurji savdo majmuasi loyihasi haqida ham ma'lumot berdi. Ushbu loyiha o’z ichiga meva-sabzavotlarni qayta ishlash hamda qadoqlash korxonasini ham olishi, sotuvchilar o’z mahsulotlarini har qanday holatda ham realizatsiya qilishlariga imkon beradi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram