Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA ISHLAB CHIQARILGAN MAHSULOTLARNI ROSSIYANING ENG YIRIK SAVDO KOMPANIYASI – SIMA-LEND PLATFORMASI ORQALI KENG SOTUVI YO’LGA QO’YILADI, KOMPANIYA FARG’ONADA O’Z OFISINI OCHADI
2024-05-25 10:01:17 1499
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya, Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif davomida Sverdlovsk viloyatida ham bo’lib, viloyatimiz uchun manfaaatli qator uchrashuvlar o’tkazdi.
Ekaterinburg shahrida joylashgan, ham onlayn, ham oflayn savdo bilan shug’ullanuvchi Rossiyaning eng yirik savdo kompaniyasi – Sima-Lend faoliyati bilan tanishuv hamda o’tkazilgan muzokaralar ham shular jumlasidan bo’ldi. Ushbu kompaniya binosidagi o’ziga xos yorqin dizayn, samimiy ish muhiti e'tiborni tortdi.
Ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi Sima-Lend kompaniyasi, o’zining 200 dan brendlari ostida turli maishiy tovarlar ham ishlab chiqaradi. Kompaniyada jami 13 mingdan ziyod xodimlar faoliyat ko’rsatib, bir paytning o’zida 5 ming nafar maxsus operatorlar yordamida onlayn savdoni amalga oshiradi. Sima-Lend Rossiyadan tashqari Xitoy va Hindiston bozorlarida faol ishlaydi.
Sima-Lend ta'sischisi Andrey Simanovskiy nafaqat Farg’ona viloyati, shuningdek, O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni o’zi yaratgan savdo tizimi orqali xalqaro bozorda keng sotishga ko’maklashga tayyorligini bildirib, viloyatimizda o’z ofisini ochishini ma'lum qildi. Farg’ona va Sverdlovsk o’rtasida so’nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan hududlararo hamkorlikning natijasi o’laroq, viloyatimizda ishlab chiqarilgan tekstil mahsulotlarini kompaniya katalogidan o’rin olib ulgurgani, Rishton kulolchilik mahsulotlari bo’yicha ham ish olib borilayotgani qayd etildi.
Sima-Lend mutaxassislari tomonidan viloyatimiz ishlab chiqaruvchilari uchun xalqaro bozor talablariga mos tovarlar dizaynlari yaratilishiga ham kelishib olindi.
Kompaniyaga tashrif davomida Sima-Lend bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan viloyatimizning qator salohiyatli kompaniyalari ishtirokida muzokaralar o’tkazildi, dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram