Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA YETISHTIRILGAN MEVA VA SABZAVOTLAR UCHUN SVERDLOVSK VILOYATIDAGI BOJXONA TERMINALIDAGI “YASHIL YO’LAK” TAMOYILI YANADA QULAYLASHTIRILADI

×

 2024-05-25 10:14:56    1628

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya, Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif davomida Sverdlovsk viloyatidagi “SiAyTi terminal” AJ bojxona terminalida bo’ldilar.

Ushbu terminalda Xayrullo Bozorov va Sverdlovsk viloyati gubernatori YEvgeniy Kuyvashev tomonidan imzolangan kelishuvga asosan, bir necha yildan beri O’zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar uchun “yashil yo’lak” tamoyili tatbiq etib kelinmoqda.

“SiAyTi terminal” boshqaruvchisi Valeriy Denisov viloyatimiz delegatsiyasi a'zolariga Ural federal okrugidagi eng yirik yuklarni qayta ishlash majmualaridan biri bo’lgan ushbu zamonaviy transport-logistika markazi faoliyati haqida ma'lumot berdi. Erishilgan kelishuvlarning hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida bugungi kunda meva va sabzavotlar ortilgan yuk mashinalar bir sutkadan oz muddatda hujjatlarni rasmiylashtirish mahsulotni oluvchiga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo’lishayotgani ma'lum qilindi.

Viloyatimiz rahbari ushbu terminal orqali Rossiyaga Farg’onadan gilos yetkazib berayotgan tadbirkor bilan muloqot qildi, fitosanitar nazorat tekshiruvi jarayonlarini ko’zdan kechirdi. Terminal hududida bojxona hamda fitosanitar nazorat federal xizmati shaxobchalari mavjudligi tadbirkorlar uchun qulaylik taqdim etmoqda.

O’tkazilgan muzokalar davomida “yashil yo’lak” tamoyili imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, Farg’ona va Sverdlovsk viloyatlari bojxona hamda karantin idoralari o’rtasida hamkorlikni kuchaytirishga, tegishli qo’shma normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashga, Farg’ona viloyatida yetishtirilgan meva va sabzavotlarni Rossiya hududiga olib kirishda fitosanitar, karantin, va bojxona talablariga rioya qilish bo’yicha viloyatimiz tadbirkorlari uchun tushuntirish tadbirlari tashkil etishga kelishib olindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram