
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
ROSSIYANING BANTER GRUPP KOMPANIYASI FARG’ONADA ISHLAB CHIQARISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

2024-05-25 11:11:16 1812
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya, Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif davomida sanoat sohasida hamkorlik istiqbollarini o’rganish maqsadida Sverdlovsk viloyatidagi Banter Grupp kompaniyasining ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tuzilmasi – “Ob'edinennaya Neftegazovaya Gruppa” korxonasida bo’ldilar.
Yoqilg’i-energetika kompleksi korxonalari uchun uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish va ishga tushirish bilan shug’ullanuvchi Banter Grupp rahbari Nikolay Kovalev, mamlakatimiz bozori bilan yaxshi tanish ekanini qayd etib, Farg’onada yangi qo’shma investitsion loyihani amalga oshirish va mamlakatimiz soha korxonalari uchun uskunalarni ishlab chiqarishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Mazkur taklif doirasida qisqa muddatda tegishli o’rganish ishlarini olib borish va loyiha bo’yicha batafsil muzokaralar o’tkazish uchun Banter Grupp kompaniyasi rahbarlarining Farg’onaga tashrifini tashkil etishga kelishildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram