Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASINING ROSSIYA FEDERATSIYASIGA AMALIY TASHRIFI DAVOMIDA IMZOLANGAN INVESTITSION KELISHUVLAR VA SAVDO SHARTNOMALARINING UMUMIY QIYMATI 562 MLN. DOLLARDAN OSHDI
2024-05-25 11:50:41 1823
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi hamda Sverdlovsk viloyatiga amaliy tashrifi davomida imzolangan investitsion kelishuvlar va savdo shartnomalarining umumiy qiymati 562 mln. dollardan oshdi. Bulardan 17 tasi qiymati 335 mln. dollarlik investitsiya kelishuvlari bo’lsa, qiymati 226,8 mln. dollarlik 35 ta savdo shartnomasi shakllantirildi.
Imzolangan hujjatlar viloyatimizda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi hamda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib berish, qo’shma agrologistika markazlari barpo etish, qishloq xo’jaligi va sanoat sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish kabi yo’nalishlarni qamrab oladi.
Shuningdek, tashrif davomida erishilgan kelishuvlar orasida viloyatimiz tadbirkorlariga qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda chorvachilik loyihalarini amalga oshirish uchun Boshqirdiston hududidan 10 ming gektargacha yer maydoni ajratilishini hamda Farg’onada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Rossiyaning eng yirik savdo kompaniyasi – Sima-Lend platformasi orqali keng sotuvi yo’lga qo’yilishi, kompaniya Farg’onada o’z ofisini ochishi ham alohida qayd etish lozim.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram