Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YANGI HAYOT QO’NG’IROG’I: VILOYATIMIZDAGI MAKTABLARDA “SO’NGGI QO’NG’IROQ” TADBIRLARI KATTA TANTANA BILAN O’TKAZILDI

×

 2024-05-25 12:59:36    2037

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi viloyat chet tillarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatida bo’lib o’tgan “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Viloyat hokimi dastlab, Prezidentimizning umumiy o’rta ta'lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi. Davlatimiz rahbarining katta e'tiborlari va g’amxo’rliklari natijasida jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallash imkoniyatiga ega bo’lgan yoshlarimiz mustaqil hayotda o’z o’rinlarini topishlari, davlatga, jamiyatga nafi tegadigan mutaxassislar bo’lib yetishishlariga umid bildirdi.

Bitiruvchilarni kasb egallashlari bilan birga o’qib-o’rganish, izlanishdan to’xtamasliklari, doim yaxshi niyatlar qilish kerakligi, yaxshi niyatlar yaxshi maqsadlarga aylanishi, o’z ustida ishlab, ilm olishdan, izlanishdan to’xtamagan, to’g’ri yo’l bilan borib, qat'iyat bilan harakat qilgan inson barcha maqsadiga yetishi ta'kidlandi.

Mazkur maktabning bitiruvchilari o’tgan yili oliy ta'lim muassasalariga kirishda o’rtacha 152,6 ball olib, Respublikadagi qariyb 11 mingta maktab orasida 4-o’rinni egallagani, bugungi kunda bu yerda 271 nafar o’quvchi tahsil olayotgan bo’lsa, hozirda ularning 44 nafari xalqaro va milliy sertifikatlarni qo’lga kiritgani, ayniqsa, 17 nafar 11-sinf bitiruvchilarining barchasi xalqaro va milliy sertifikatga ega bo’lgani tahsinga sazovorligi e'tirof etildi.

Tadbirda o’quvchilarni muvaffaqiyatga erishishlarida katta hissasi bo’lgan ustozlarga va ota-onalariga samimiy minnatdorlik bildirildi.

Samarali faoliyat olib borgan maktab o’qituvchilariga viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg’alari, shuningdek, bitiruvchilarga viloyat hokimligi sovg’asi sifatida kitoblar jamlanmalari taqdim etildi.

Maktab jamoasi tomonidan tayyorlangan chiqishlar barchaga manzur bo’ldi.

Ma'lumot o’rnida, joriy yilda shahar va tumanlardagi umumta'lim maktablarini 41 ming nafardan ortiq bitiruvchi 11-sinfni tamomlamoqda. 











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram