Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 235 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRI VA INCHXON METROPOLITEN SHAHRINING YONSU MA'MURIY OKRUGI O’RTASIDA HAMKORLIK O’RNATILMOQDA

×

 2024-05-27 18:12:08    1043

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi qabullar uyida Farg’onaga amaliy tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi Inchxon metropoliten shahrining Yonsu ma'muriy okrugi meri Li Je Xo boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamda Farg’ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Farg’ona shahri bilan Inchxon metropoliten shahri Yonsu ma'muriy okrugi o’rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy sohalarda samarali hamkorlik o’rnatish masalasi muhokama qilindi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov Farg’ona viloyati haqida ma'lumot berib, Farg’ona va Koreya Respublikasi o’rtasida olib borilayotgan keng ko’lamdagi hamkorlik loyihalari xususida to’xtalib o’tdi.

Koreya Respublikasining eng yosh hududlaridan biri bo’lgan, 400 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Yonsu, dengiz qirg’og’ida barpo etilganligini qayd etgan Li Je Xo, Farg’ona shahri bilan ta'lim, madaniyat, ishlab chiqarish sohalarida katta hamkorlik rejalari borligini, Farg’ona viloyatining Koreya bilan yuqori darajadagi hamkorligining bir bo’lagi bo’lish istagida ekanliklarini ta'kidladi.

Uchrashuv davomida bildirilgan takliflar, loyihalar bo’yicha birgalikda ish tashkil qilishga kelishildi.

Muzokaralar yakunida Farg’ona shahri hamda Yonsu ma'muriy okrugi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi anglashuv Memorandumi ham imzolandi. Hujjatni Vosiljon Nazarov hamda Li Je Xo imzoladilar.

Mehmonlar ikki kun davomida viloyatimizda bo’lib, Farg’ona shahridagi Ekoshahar massivi, “Global Textile” korxonasi, Koreya xalqaro universiteti, “Central Asian Medical University” oliygohi, POSCO International Textile korxonasi hamda “Uzsegang” qo’shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishadilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram