Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
BU YORUG’ OLAMDA VATAN BITTADIR, BITTADIR DUNYODA ONA DEGAN NOM! – “ONALARGA EHTIROM” FESTIVALI FURQAT TUMANIDA HAM KENG NISHONLANMOQDA
2024-05-27 18:51:17 940
Onalarni qadrlash, ularni ulug’lash, o’sib kelayotgan yosh avlodning ongu shuurida ota-onaga hurmat, farzandlik burchini ado etish, ehtirom ko’rsatish kabi fazilatlarni shakllantirish kabi g’oyalarni o’zida mujassam etgan, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan to’rt yildan buyon o’tkazib kelinayotgan “Onalarga ehtirom” festivali Furqat tumanida ham keng nishonlanmoqda.
Bugun Furqat tumani “Bekobod” mahallasida joylashgan “Abduqahhor ota” dam olish maskanida tumandagi barcha mahalla yoshlar yetakchilarining onalariga ehtirom ko’rsatildi.
Tadbirda so’z olgan tuman hokimi Jahongir Jumanov munis onaxonlarga samimiy dil izhorlarini bildirar ekan, bugun chin ma'nodagi mahallaning yetakchisiga aylangan, tengdoshlariga har sohada o’rnak va ibrat bo’lib kelayotgan, tashabbuskorligi va intiluvchanligi bilan mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga hissa qo’shayotgan yoshlar yetakchilariga va ularni tarbiyalagan onalariga minnatdorchilik bildirdi.
Tadbir davomida tuman hokimi ishtirokida onaxonlarga esdalik sovg’alari va gullar hadya etildi.
Madaniyat bo’limi xodimlarining diltortar taronalari onajonlarni raqsga chorladi. Farzandi bilan raqs tushayotgan onalarning yuzlarida halovat, shukronalik va mamnuniyat sezilib turdi. Ayniqsa, farzandidan bir dasta gul olgan munis zotlarning masrur nigohlari tadbir ishtirokchilariga ham xush kayfiyat ulashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram