Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI YETISHTIRISH UCHUN YER AJRATISH, EKSPORTBOP EKINLARNI JOYLASHTIRISH, EKSPORT HAJMINI OSHIRISH HAMDA BOJXONA XIZMATLARINI KO’RSATISH BO’YICHA BELGILANGAN VAZIFALARNING BAJARILISHI O’RGANILMOQDA

×

 2024-05-28 17:30:53    820

PDF yuklash
Chop etish


Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasi raisi Bahodir Tojiyev boshchiligidagi ishchi guruh viloyatimizda bo’lib, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga o’z vaqtida va sifatli bojxona xizmatlarini ko’rsatish, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yer ajratish, eksportbop ekinlarni joylashtirish hamda eksport hajmini oshirish bo’yicha belgilangan vazifalar bajarilishini o’rganmoqda. Qo’mita raisiga viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov hamrohlik qilmoqda.

O’rganishlar davomida tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini amalga oshirishda yaratilgan imkoniyatlar, bojxona hamda qishloq xo’jaligiga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati xususida ma'lumotlar berilib, aholiga yer ajratish tartibi, mahsulotlarni eksport qilish, saqlash va yuklashga ixtisoslashtirilgan infratuzilmalarni tashkil etish masalalariga ham alohida e'tibor qaratilyapti.

Mazkur cohalarga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta'minlash bo’yicha mas'ul davlat organlarining faoliyati, ularning quyi tuzilmalarida amalga oshirilgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolarning hal qilinganligi, qishloq xo’jaligida xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta'minlash, yangi ish o’rinlari yaratish holati tahlil qilinib, soha mutaxassislariga bu borada aniq topshiriqlar yuklatilmoqda.

Xususan, bugun ishchi guruh tomonidan Farg’ona tumanidagi Vodil Qizilqo’rg’on massivi hududida joylashgan malina plantatsiyasi, Oltiariq tumanidagi Vodiy TIF bojxona postiga qarashli “Qapchug’ay” eksportga ko’maklashish markazi hamda hududdagi zamonaviy muzlatkichli omborxonalar faoliyati, mahsulotlarni eksport qilishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. O’rganishlar jarayonida eksportyorlar va tadbirkorlar bilan muloqot qilindi.

Ishchi guruhning hududdagi o’rganishlari davom etmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram