Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATINING ROSSIYA HUDUDLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YANGI BOSQICHGA KO’TARILMOQDA

×

 2024-05-28 17:44:32    1224

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, kecha Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida bo’lib o’tgan O’zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisida nutq so’zladi.

Farg’ona viloyatining bugungi kunda rossiyalik hamkorlar bilan tekstil, energetika, neft sanoati, mebelsozlik, xizmatlar sohasi va shaharsozlik masalalarida faol hamkorlik ichida ekanini qayd etgan viloyat hokimi, bugungi kunda Farg’onada Rossiya kapitali ishtirokida 170 dan ziyod korxona faoliyat olib borayotganini ma'lum qildi.

2023 yil yakunlari bo’yicha viloyatimizda amalga oshirilgan 25 ta loyihaga jami 340 million dollar to’g’ridan to’g’ri Rossiya investitsiyasi jalb qilindi, bu o’rinda Rishton tumanida “Kosto Line Holding” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan barpo etilgan, loyiha qiymati 32 mln. dollar bo’lgan, 600 dan ziyod ish o’rni yaratilgan yangi korxonani alohida misol qilib keltirish mumkin. Bugungi kunda rossiyalik hamkorlarning sarmoyalari hisobiga umumiy qiymati 227 mln. dollar bo’lgan 20 ta yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

Farg’ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiyaning joriy yil 14-21 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi hamda Sverdlovsk viloyatiga amaliy tashrifi samarali o’tganini ta'kidlab o’tgan Xayrullo Bozorov, viloyatimiz tadbirkorlariga Boshqirdiston hududida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda chorvachilik loyihalarini amalga oshirish uchun 10 ming gektargacha yer maydonlari ajratib berish bo’yicha erishilgan kelishuvni alohida tilga oldi.

O’zbekiston va Rossiya hududlari kengashi davomida viloyatimiz vakillari tomonidan rossiyalik hamkorlar bilan umumiy qiymati 536 mln. dollar bo’lgan 52 ta yangi loyiha ishlab chiqildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram