Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA YETISHTIRILGAN VA ISHLAB CHIQARILGAN MAHSULOTLARNING AQSHGA EKSPORTI KO’LAMI KENGAYADI

×

 2024-05-30 20:08:05    1068

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov AQShning oziq-ovqat va logistika bozorlarida xizmatlarni taklif qiluvchi Natars NY Food korporatsiyasi vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyatida yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning AQShga eksporti ko’lamini kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

2023 yil dekabr oyida Oltiariq uzumlarini AQSh bozoriga olib kirishga vositachi bo’lgan ushbu kompaniya vakillari, viloyatimiz meva va sabzavotlariga Qo’shma shtatlarda yetarli talab borligi, shuningdek, quritilgan mevalar, konservalangan mahsulotlar, meva sharbatlari, holva va boshqa milliy shirinliklarni ham amerikalik iste'molchilarga sinov tariqasida taqdim etish ustida ish olib borayotganliklarini ma'lum qildilar. Yaqin kunlarda Farg’ona viloyatida yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan qator mahsulotlarning sinov partiyalaridan iborat navbatdagi yuk AQShga yuborilishi bildirildi. Joriy yilda viloyatimiz uzumlari ham katta miqdorda Amerikaga yetkazib berilishi va bu masalada hozirdan barcha tayyorgarliklar ko’rilayotgani aytib o’tildi.

Mahsulotning bozorda o’z o’rniga ega bo’lishi, xaridorgirligini oshirishda uning ko’rinishi, sifati va dizayni muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilib, viloyatimiz tadbirkorlari tomonidan bu borada yetarli ish tashkil etilishini ta'minlashga kelishib olindi.

Mahsulotlarni yangi bozorlarga kirib borishida transport-logistika xarajatlarini kamaytirish ham muhim o’rin tutishiga e'tibor qaratilib, Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan eksportyorlarga tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilib berish tartibidan AQShga eksport jarayonida ham doimiy foydalanish muhim ekanligi ta'kidlandi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram