Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA ILK BOR “KITOBXON DAVLAT XIZMATCHISI” KO’RIK-TANLOVI O’TKAZILDI

×

 2024-05-31 15:19:44    1194

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyida “Kitobxon davlat xizmatchisi” ko’rik-tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda tegishli boshqarma va tashkilot rahbarlari, mas'ullari hamda ma'naviyat tizimi xodimlari ishtirok etdi.

Farg’ona viloyati hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali, AOKA viloyat boshqarmasi hamda viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida ilk bor o’tkazilgan “Kitobxon davlat xizmatchisi” ko’rik-tanlovi belgilangan nizom talablari asosida ko’tarinkilik bilan tashkil etildi. Ellikdan ortiq viloyat boshqarma va tashkilotlari va ularning hududiy bo’limlarida kutubxonalar tashkil etildi, davlat xizmatchilari o’rtasida kitob mutolaasi oshdi. Kitobxonlik yo’nalishida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

“Eng yaxshi kitobxon rahbar” nominatsiyasida viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig’i Zafarjon Ro’zaliyev, “Eng boy kutubxonaga ega davlat fuqarolik xizmati” nominatsiyasida agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi viloyat boshqarmasi hamda “Eng yaxshi kitobxon davlat xizmatchisi” nominatsiyasida Quvasoy shahar hokimi maslahatchisi Husniddin Xo’janazarov birinchi o’rinni qo’lga kiritdi hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Erkin Vohidov ijod maktabi o’quvchilarining sahna ko’rinishlari, san'atkorlarning qo’shiqlari barchaga manzur bo’ldi.

Endilikda mazkur tanlov har yili an'anaviy tashkil etiladi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram