Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


GRANT TANLOVI E'LON QILINADI

×

 2024-05-31 19:44:17    1823

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi “Jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy salohiyatini yanada yuksaltirishda Jamoat tashkilotlarini qo’llab-quvvatlash” mavzusida davlat grantini ajratish uchun 2-tanlovni e'lon qiladi.

1.Korruptsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini kengaytirish, ularni sohaga oid o’zgarishlardan xabardor qilib borish.

  • “Korruptsiya jamiyat taraqqiyoti kushandasi” mavzusida ijtimoiy qisqa roliklar, turkum maqolalar tayyorlash hamda sohaga oid o’zgarishlardan xabardor qilib borish.
  • Aholini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash.
  • Korruptsiyaga qarshi kurashishga oid normativ-huquqiy xujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonlarida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini oshirish.
  • Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarni, Farg’ona viloyat teleradiokompaniyasi hamda OAVlarida yoritib borishni yo’lga qo’yish.

2. Xududlarda ishsiz yoshlarni aniqlash, xorijiy tillarga o’qitish, kasb-hunarga o’rgatish va bandligini ta'minlash.

  • Xududlardagi MFYlar bilan hamkorlikda ishsiz yoshlarni aniqlash, ro’yxatini shakllantirish va malakali xorijiy tillarni o’rgatuvchi mutaxassislarni jalb qilish.
  • Farg’ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi va Migratsiya agentligi bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali memorandumlar imzolash xamda kamida 25% xorijiy tillarga o’qitilgan yoshlarni xorijga yuborish va bandligini ta'minlashga ko’maklashish.
  • Hududlarda ishsiz yurgan yoshlarni aniqlash, ular o’rtasida so’rovnomalar o’tkazish, yoshlarni dunyoqarashi, salohiyati va qobiliyatlarini o’rganish orqali kasb-hunarga, ta'limga yo’naltirish bandligini ta'minlash hamda “Usta-shogird” an'analarini yo’lga qo’yish.
  • Loyiha doirasida  amalga oshirilgan ishlarni Farg’ona viloyat teleradiokompaniyasi hamda OAVlarida yoritib borishni yo’lga qo’yish.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-sonli “O’zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’irisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Farg’ona viloyatida ichki turizmni yanada rivojlantirish diqqatga sazovor joylarni tarixiy obidalarni asrab-avaylash, kelgusi avlodni xabardor qilish maqsadida aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish.

  • Farg’ona viloyatining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalarini video tasvirga olish, har bir ob'ekt bo’yicha alohida videoroliklar tayyorlash. Videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy ahborot vositalari, rasmiy Telegram kanallari orqali namoyish qilish orqali ziyoratchi-sayyohlarni jalb qilish.
  • Viloyatdagi barcha ziyoratchi-sayyohlarni qabul qilish maskanlarni ro’yhatini shakllantirish, veb-mobil ilovalar yaratish. (Veb-mobil ilovada ziyoratchilarni maskanlarini ko’rinishi, qamrovi, sharoiti, joylashuvi hamda qo’shimcha ma'lumotlar aks etgan bo’lishi lozim).
  • Hududlardagi aholi xonadonlarining sanitariya-epidemiologik (gigenik) osoyishtaligini ta'minlash va uy turizmlariga moslashtirish yuzasidan aholining sog’lom turmush tarzini yaxshilash, targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish hamda davlat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikda jamoatchilik nazoratini yo’lga quyish.
  • Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarni Farg’ona viloyat teleradiokompaniyasi hamda OAVlarida yoritib borishni yo’lga qo’yish.

4. Gender tenglikni ta'minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.

  • Viloyatdagi bir kunlik mexnat bilan shug’ullanuvchi (yollanma ishchi) ayollar mehnatini ximoya qilish bo’yicha targ’ibot ishlarini olib borish.
  • Joylardagi mardikor bozorlarida ayollar va ish beruvchilar o’rtasida o’zaro kelishuvlarni yo’lga qo’yish.
  • Hududlardagi MFYlarda va IIB profilaktik inspektorlari, Bandlik bosh boshqarmasi va Fuqarolik jamiyati institutlari xamkorligida mardikor bozorlarida ishlovchi ayollar uchun mehnat yarmarkalari tashkil etish.
  • Loyiha doirasida  amalga oshirilgan ishlarni Farg’ona viloyat teleradiokompaniyasi hamda OAVlarida yoritib borishni yo’lga qo’yish.

 Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining telegramdagi “https://t.me/UzNNT_Fargona_viloyat” guruhiga joylashtirilgan talablar shaklida to’ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o’zgartirish va qo’shimchalar bilan davlat ro’yxatidan o’tgan NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nushasi;

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo’llab-quvvatlash xatlari;

7. Tashkilotni hududiy Davlat soliq inspektsiyasidan qarzdor emasligi haqida ma'lumotnoma.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 70 mln. so’mgacha.

Hujjatlarni qabul qilish 2024 yil 31 maydan 1 iyulgacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov bo’yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): Farg’ona shahri B.Marg’iloniy ko’chasi, 105-uydagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyining 1-qavatida joylashgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga yuborilishi so’raladi.

Ma'lumot uchun telefon: 93 732-77-87, 99 607-75-00, 97 207-34-87.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram