
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMINING O’RINBOSARLARI ISHTIROKIDA NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI BO’LIB O’TDI

2024-06-01 18:17:31 1247
Bugun Farg’ona shahridagi viloyat "Tadbirkorlar uyi"da viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov hamda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi. Qabulda viloyatimizning shahar va tumanlarida turli yo’nalishlarda faoliyat olib borayotgan 60 nafardan ziyod tadbirkorlarning murojaatlari eshitildi.
Murojaatchilar asosan faoliyatlarini kengaytirish, bank krediti olish va mavjud kredit muddatini uzaytirish, loyihalarni kichik sanoat zonalariga joylashtirishga ko’maklashish, kadastr, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan bog’liq masalalarda mas'ullarga yuzlandilar.
Har bir murojaat viloyatdagi tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida ko’rib chiqilib, qabul davomida hal etilishi mumkin bo’lganlariga amaliy yechimlar belgilandi. Qolgan murojaatlar qo’shimcha o’rganish uchun viloyat soliq boshqarmasi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, viloyat Bandlik boshqarmasi va kommunal sohalar rahbarlariga yo’naltirilib, 5 kun muddatda ko’rib chiqish va ijobiy yechim topish bo’yicha vazifalar yuklatildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram