Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XITOYNING BAISHAN ZHONGTIAN DEVELOPMENT KOMPANIYASI FARG’ONADA BIZNES-MARKAZ, 5 YULDUZLI MEHMONXONA VA SAVDO MAJMUASI QURISH BO’YICHA O’Z INVESTITSION LOYIHASI TAQDIMOTINI O’TKAZDI
2024-06-01 19:31:55 1315
Bugun Xitoyning Baishan Zhongtian Development kompaniyasi tomonidan Farg’ona shahrida amalga oshirish rejalashtirilayotgan yirik investitsion loyiha – biznes-markaz, 5 yulduzli mehmonxona va savdo majmuasi qurish loyihasining taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, xitoylik investorlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Baishan Zhongtian Development kompaniyasi rahbari Vey Xen Shen boshchiligidagi xitoylik yirik investorlardan iborat guruh bir necha kunlardan viloyatimizda bo’lib, Farg’onaning investitsion imkoniyatlari hamda istiqbolli investitsiya yo’nalishlari bo’yicha ish olib borishdi. Ushbu o’rganishlar yakuni bo’yicha Farg’onada loyiha qiymati 50 mln. dollardan ziyod bo’lgan, biznes-markaz, 5 yulduzli mehmonxona va savdo majmuasi qurish bo’yicha ishlab chiqildi va bugun taqdimoti o’tkazildi.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O’zbekiston va Xitoy davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodalari va ezgu tashabbuslari bilan ikki davlat o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalar tobora kuchayib borayotganini, Farg’ona va Xitoy o’rtasida ham o’zaro savdo aylanmasi hamda viloyatimizga kirib kelayotgan Xitoy investitsiyalari hajmi yil sayin o’sib borayotganini alohida qayd etib o’tib o’tdi.
Viloyat rahbari, Yangi O’zbekistonga, yurtimizda bo’layotgan islohotlarga katta ishonch bilan qarab, Farg’onaga sarmoya kiritishni rejalashtirayotgan Vey Xen Shenga minnatdorchilik bildirdi.
Farg’ona viloyatining bugungi investitsion jozibadorligini yuqori baholagan Baishan Zhongtian Development kompaniyasi rahbari Vey Xen Shen, o’zi va hamkorlari tomonidan viloyatimiz hududida boshqa qator investitsion loyihalarni ham amalga oshirishni rejalashtirayotganliklarini bildirdi.
Bugun taqdimoti o’tkazilgan loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo’yicha belgilangan tartibda ish tashkil etishga kelishib olindi.
Taqdimot marosimidan so’ng viloyat hokimligida Baishan Zhongtian Development kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuv davomida rejalashtirilayotgan investitsion loyihani amalga oshirish bilan bog’liq tashkiliy jihatlar, majmua me'moriy loyihasini ishlab chiqish hamda Respublikamiz qurilish talablariga moslashtirishda xitoylik hamda viloyatimiz mutaxassislarining hamkorlikda ish olib borishini ta'minlash, qurilish ishlariga xorijiy qurilish kompaniyalariga yurtimizda taqdim etilayotgan imtiyoz va qulayliklar hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.
Ma'lumot o’rnida qayd etib o’tish lozimki, bugungi kunda viloyatimizda Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 3,7 mlrd. dollar bo’lgan 54 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Shundan, 2023 yilda viloyatimiz delegatsiyasining Xitoyga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida umumiy qiymati 1,3 mlrd. dollar bo’lgan 23 ta loyiha amalga oshirilayotgan bo’lsa, joriy yil yanvar oyida Xitoyga safar davomida imzolangan kelishuvlar doirasida umumiy qiymati 2,4 mlrd. dollar bo’lgan 31 ta loyihani hayotga tatbiq etishga boshlandi.
Hozirgi kunda viloyatimizda 200 ga yaqin Xitoy kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyat olib bormoqda. So’nggi yillarda Xitoy investitsiyalari hisobiga amalga oshirilgan yirik loyihalarga to’xtalganda, “Farg’ona yasin qurilish mollari” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi tomonidan viloyatimizga jami 200 mln. dollardan ziyod sarmoya kiritilganini, Furqat tumanida "BNBM” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan qiymati 50 mln. dollar bo’lgan gips va gipsokarton mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini alohida qayd etib o’tish lozim.
Bugungi kunda Jianhua Ceramics kompaniyasi “Qo’qon” EIZ hududida keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqarish bo’yicha 50 mln. dollarlik investitsion loyihani, Blue Carbon kompaniyasi Quvasoy shahrida 20 mln. dollarlik quyosh panellari, yoritish chiroqlari va quvvatlovchi batareyalari ishlab chiqarish bo’yicha loyihani yakunlamoqda, yaqin kunlarda har ikkisi ham ishga tushiriladi.
Crown ceramic kompaniyasi yana Quvasoy shahrida 40 mln. dollar investitsiya hisobiga premium sifatdagi keramogranit plitalari ishlab chiqarish zavodi barpo etishga kirishdi.
China Gezhouba Group Overseas Investment kompaniyasi 144 mln. dollar investitsiya hisobiga O’zbekiston tumanida elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etish loyihasini boshladi.
Xitoyning Shandong Swan Cotton Industrial Machinery Stock kompaniyasi tomonidan Farg’onada paxta terish mashinalarini yig’ish, texnikalarga servis xizmati ko’rsatish markazi tashkil etish loyihasiga ham start berildi.
Umuman olganda, bugungi kunda Xitoy viloyatimizning eng yirik investitsion hamkori bo’lib turibdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram