Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 137 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNIDA FARG’ONADA IJTIMOIY YORDAMGA MUHTOJ BO’LGAN 100 TA OILA FARZANDLARINING SUNNAT TO’YLARI O’TKAZILDI. XITOYLIK INVESTOR BOLALARNING HAR BIRIGA TO’YONA SIFATIDA 3 MLN. SO’MDAN MABLAG’ TUHFA QILDI

×

 2024-06-01 19:54:42    1112

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’onada viloyatimizning shahar va tumanlarida yashovchi, kam ta'minlangan, boquvchisini yo’qotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lgan 100 ta oila farzandlarining sunnat to’ylari o’tkazildi. Farg’ona shahridagi “Pingvin” majmuasida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, Farg’onada investitsion loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan xitoylik investorlar, bolalarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari, jamoatchilik faollari qatnashdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bolajonlarni sunnat to’ylari hamda 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami bilan qutlab, Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida hech kim e'tibordan chetda qolmayotganligi, hammaga g’amxo’rlik ko’rsatilayotganligini ta'kidladi.

Tadbirda ishtirok etgan Xitoyning Baishan Zhongtian Development kompaniyasi rahbari Vey Xen Shen bolalarni to’ylari bilan qutlab, kompaniya tomonidan 100 nafar to’ybolalar uchun omonat banklarida hisob ochilgani, har biriga to’yona sifatida 3 million so’mdan, jami 300 million so’m mablag’ o’tkazib berilganini ma'lum qildi. Viloyat hokimi va Baishan Zhongtian Development kompaniyasi rahbari bank hisob-varaqlarini to’ybolalarning oilalariga taqdim etdilar.

Ushbu kompaniya Farg’ona shahrida qiymati 50 mln. dollar bo’lgan yirik investitsion loyiha – biznes-markaz, 5 yulduzli mehmonxona va savdo majmuasi qurish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

To’yda bolalarga yangi sarpolar kiydirilib, har biriga velosiped va boshqa qator sovg’alar ham topshirildi.

Sunnat to’yi dasturxonini yozgan tadbirkor, “Pingvin” majmuasi rahbari Nodirbek Ro’ziboyevga ham alohida minnatdorchilik bildirildi.

Tadbir el sevgan san'atkorlar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar bilan davom etdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram