Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA KORZINKA SUPERMARKETLAR TARMOG’INING IKKINCHI SUPERMARKETI ISH BOSHLADI

×

 2024-06-01 20:10:55    1106

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahri markazidagi sobiq Markaziy univermag qayta ta'mirlanib, zamonaviy, yirik savdo va xizmat ko’rsatish markazi sifatida aholiga xizmat ko’rsatishni boshladi.

Mazkur majmuaning tantanali ochilish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, Korzinka supermarketlar tarmog’ining bosh direktori Akmal Asadov, jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Tadbirni ochib bergan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hayot darajasi ortishi, aholi daromadlarining real o’sishi natijasida xalqimiz tomonidan sifatli va kafolati ta'minlangan tovarlarni sotib olishga ehtiyoj kundan kunga ortib borayotganini qayd etib, bugun xizmatga ochilayotgan yangi majmua farg’onaliklar va viloyatimiz mehmonlari uchun qulayliklar taqdim etishiga ishonch bildirdi.

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga bo’lgan alohida e'tiborlari natijasida boshqa sohalar qatori xizmat ko’rsatish sohasi ham jadal rivojlanib, bu kabi yirik savdo majmualari ishga tushayotgani, yangi ish o’rinlari kam xarajat bilan va tez muddatda tashkil etilayotgani, eng asosiysi sifatli servis aholiga yaqinlashayotgani qayd etildi.

Bugun ishga tushgan savdo majmuasi Korzinka supermarketlar tarmog’ining Farg’onada ochilgan ikkinchi supermarketi bo’ldi.

Ramziy lenta qirqilib yig’ilganlar yangi majmuadagi savdo va xizmat ko’rsatish tarmoqlari bilan yaqindan tanishdilar.

Zamonaviy majmuada supermarket, zargarlik buyumlari do’koni, kiyim-kechak do’konlari, bolalar o’yin maydonchalari, ovqatlanish shaxobchalari faoliyati yo’lga qo’yilgan.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram