Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 132 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA KO’ZI OJIZ VA ZAIF KO’RUVCHI BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN “NURLI MASKAN” MAKTAB-INTERNATINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-06-01 20:27:37    1646

PDF yuklash
Chop etish


1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Farg’ona shahrida joylashgan ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatining yangi binosi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, ta'lim sohasi mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Shaharning Beshbola MFY hududida joylashgan ushbu muassasa binosining qurilishi uchun 13,2 mlrd. so’m mablag’ sarflandi. Yangi binoda o’quvchilar uchun 19 ta dars xonalari hamda 6 ta maxsus xonalar, 120 o’ringa ega bo’lgan oshxona, yuvinish xonalari, 3 ta tibbiy xizmat ko’rsatish xonasi, sport zali, 9 000 dan ortiq Brayl alifbosidagi darsliklar hamda badiiy adabiyotlarni o’zida jamlagan kutubxona, faollar zali o’quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

Binoda o’quvchilarni kasb-hunarga o’rgatish maqsadida o’g’il va qiz bolalar uchun alohida zamonaviy jihozlangan ijtimoiy va maishiy yo’nalishdagi o’quv ustaxonalar tashkil etildi. Maktab-internat ko’zi ojizlar uchun moslashtirilgan maxsus kompyuter texnika vositalari bilan to’liq jihozlandi.

Ta'lim muassasasini yashil hududga aylantirish maqsadida 400 tupdan ortiq turli xil manzarali daraxtlar ekilib, kashtanzorlar hamda gulzorlar barpo etildi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so’nggi yillarda Davlatimiz rahbarining alohida e'tiborlari natijasida mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, xususan, ko’zi ojiz va ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlash yuzasidan ulkan ishlar amalga oshirilayotganini qayd etib, foydalanishga topshirilayotgan yangi bino ham ushbu g’amxo’rlikning misoli ekanini ta'kidladi.

Maktab-internatda ta'lim olayotgan o’quvchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari so’z olib, yaratilgan bunday sharoitlar uchun Davlatimiz rahbariga o’z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.

Ramziy tasma qirqilib, viloyat rahbarlari “Nurli maskan” maktab-internatining yangi binosida pedagogik jamoa uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, o’g’il-qizlar bilan muloqot qildilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram