Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 164 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTONDA “KULOLLAR SAYLI” START OLDI

×

 2024-06-01 20:45:11    1651

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanidagi "Xalqaro kulolchilik markazi"da “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko’rgazma-savdosining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Farg’ona viloyati hokimligi, Turizm qo’mitasi va Respublika "Hunarmand" uyushmasi bilan hamkorlikda 1-5 iyun kunlari tashkil etilayotgan tadbirga Respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog’iston kulolchilik maktablarining vakillari bo’lgan usta kulollar, shuningdek, Rossiya va Tojikistondan hunarmandlar jalb etildi.

Ochilish marosimida viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov, xorijlik mehmonlar, soha mutaxassislari va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbir ochilish marosimida Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda qadimiy va boy an'analarga ega hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.

“Kulollar sayli” ikkinchi marotaba Rishton tumanida bo’lib o’tayotganiga e'tibor qaratishdi. Rishton - qadimdan Markaziy Osiyodagi sirlangan sopol buyumlar markazi hisoblanishi, rishtonlik kulollar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar o’zining dizayni, tabiiy rangi va qalampir nusxali naqshlarga boyligi bilan ajralib turishi, o’ziga xos Rishton kulollar maktabi mavjudligi “Kulollar sayli”ni mazkur hududda tashkil etilishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ta'kidlandi.

Tadbir davomida san'atkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi, milliy qo’shiq va raqslar yig’ilganlarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.

“Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko’rgazma-savdosi ochiq deb e'lon qilinib, mehmonlar O’zbekistonning turli hududlariga xos bo’lgan kulolchilik mahsulotlari bilan tanishish va xarid qilish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Mahorat darslari o’tkazilib, unda kulolchilik mahsulotlarini yasash va ularga naqsh berish jarayonlari amalga oshirildi.

Bugun shuningdek, “Rishton kulolchiligi: kecha, bugun, ertaga” nomli kitob taqdimoti, “O’zbekiston zamonaviy kulolchiligi: an'ana va innovatsiya” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Festival doirasidagi qiziqarli tadbirlar ertaga ham davom etadi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram