Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 157 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“HAYOTNING HAR LAHZASI GO’ZAL”: OLTIARIQDA ANVAR OBIDJON XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR BO’LIB O’TDI

×

 2024-06-01 20:59:05    1412

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanidagi madaniyat markazida O’zbekiston xalq shoiri, bolalar adabiyotining zabardast vakili Anvar Obidjon xotirasiga bag’ishlangan “Hayotning har lahzasi go’zal” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Unda keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar, yoshlar hamda shoirning oila a'zolari ishtirok etdi.

Anvar Obidjon xalqimizning yuragidan joy olgan kamtarin, samimiy serqirra ijodkor edi. Ayniqsa, bolalar adabiyotida uning o’rni juda beqiyos. Anvar Obidjon bolalar adabiyotiga dastlab “Ona YEr” (1974), “Bahromning hikoyalari” (1984) to’plamlari orqali shoir sifatida kirib kelgan. Uning “Masxaraboz bola” (1980), “Olovjon va uning do’stlari” (1983), “Ey, yorug’ dunyo” (1983), “Ketmagil” (1985), “Bezgakshamol” (1985), “Juda qiziq voqea” (1987), “Oltin yurakli avtobola” (1988), “Dahshatli Meshpolvon” (1990) kabi she'riy, nasriy kitoblari chop etilgan. “Qo’ng’iroqli yolg’onchi”, “Pahlavonning o’g’irlanishi”, “Alamazon va Gulmat hangomasi” (1992), “Meshpolvonning janglari” (1994), “Alisher ila Husayn yoki uch dono va o’g’ri” (1996), “To’tiqush”, “Topsang hay-hay…” kabi qissa, pesa va she'r, dostonlari ham e'lon qilingan.

Anvar Obidjon 1997 yilda “Shuhrat” medali, 1998 yilda O’zbekiston xalq shoiri unvoni, 2011 yilda esa “Fidokorona xizmatlari uchun ordeni” bilan taqdirlangan edi. Shoir hayot bo’lganida bu yil 77 yoshni qarshi olardi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar tomonidan Anvar Obidjon yaratgan asarlar bolalar adabiyotining durdonasi ekanligi ta'kidlanib, aynan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni tashkil etilgan bu tadbir bir biri bilan hamohang ekanligi xususida so’z yuritildi.

Viloyatimizda shoirning xotirasini abadiylashtirish, ijodiy merosini targ’ib etishga muhim e'tibor qaratilmoqda. Joriy yilda ta'lim muassasalarida, tashkilot va korxonalarda Anvar Obidjon ijodiga bag’ishlangan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, tanlovlar o’tkazildi. Xususan, viloyat hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Vodiy1.uz internet nashri va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Bolalarning qadrdon adibi” deb nomlangan ko’rik-tanlov tashkil etildi. Uchta nominatsiyada o’tkazilgan tanlovga mingdan ortiq ijodiy ishlar, ijtimoiy roliklar taqdim etildi.

Tadbirda mazkur tanlovning g’oliblari viloyat hokimining diplomi va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi.

Anvar Obidjonning she'rlari ijro etildi, san'atkorlarning qo’shiqlari kechaga fayz kiritdi.































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram