Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ROSSIYANING KOLL-MARKAZ AUTSORSINGI XIZMATLARI KO’RSATISH BO’YICHA PESHQADAM KOMPANIYASI FARG’ONADA ISH BOSHLAYDI

×

 2024-06-03 23:10:41    1478

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaning koll-markaz autsorsingi xizmatlari ko’rsatish bo’yicha peshqadam kompaniyasi – Audiotele AJ rahbarlari Artyom Litvinov hamda Dmitriy Faleleevni qabul qildi.

Rossiya Federatsiyasining qator shaharlarida o’z kontakt-markazlariga ega bo’lgan, 4 ming nafardan ziyod xodim faoliyat olib borayotgan Audiotele kompaniyasi tomonidan 2022 yilda mamlakatimizda tashkil etilgan “Voice solutions VB” MChJ O’zbekistondagi IT Park rezidenti hisoblanadi.

Kompaniya Toshkent shahridan so’ng Farg’onada ham koll-markaz autsorsingi xizmatlari ko’rsatish o’z filialini ochishga qaror qildi. Bugungi uchrashuvda ushbu loyiha bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Artyom Litvinov filial faoliyatini yo’lga qo’yish uchun bino tanlab olingani hamda hozirgi kunda ta'mirlash va jihozlash ishlari boshlanganini ma'lum qildi. Yangi markazda ilk bosqichda 50 ta yangi ish o’rni yaratiladi.

Uchrashuv yakunida koll-markazni tashkil etish hamda uning faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan o’zaro hamkorlikni ko’zda tutgan memorandum imzolandi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram