Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FRANTSIYA KOMPANIYASI VILOYATIMIZDA ARQON YO’L VA OSMA KO’PRIKLARNI O’Z ICHIGA OLGAN OMMAVIY TURIZM MASKANI BARPO ETISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2024-06-04 12:37:06    1806

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Frantsiyaning Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi hududiy direktori Orxan Shirinni hamda kompaniyaning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.

Dunyoning ko’plab mamlakatlarida yirik turistik infratuzilma loyihalarini amalga oshirgan ushbu kompaniya vakili bilan uchrashuvda viloyatimiz hududida arqon yo’l va osma ko’priklarni o’z ichiga olgan ommaviy turizm maskani barpo etish loyihasi muhokama qilindi.

Respublikamizda “Chimyon turistik zonasini qurish” loyihasi doirasida e'lon qilingan tenderning g’olibi bo’lgan hamda hozirda ushbu kurortni qurish ishlarini olib borayotgan Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi Farg’ona viloyatida ham ommaviy turizm maskani tashkil etishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan Orxan Shirin, arqon yo’l va osma ko’prikning barpo etilishi o’z o’zidan ushbu hududga boshqa investorlarni ham keng jalb etishi hamda boshqa turistik xizmatlarning shakllanishiga olib kelishini qayd etdi.

Viloyat hokimining taklifi bilan ushbu turistik maskanni Shohimardon qishlog’ida tashkil etish ustida ish boshlashga kelishib olindi. Dastlabki bosqichda bosh-reja ishlab chiqiladi. So’nggi tasdiqlangan bosh reja asosida loyihani amalga oshirish uchun YEvropa banklarining imtiyozli kredit mablag’larini jalb etish bo’yicha muzokaralar o’tkaziladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram