
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VA TURKIYA O’RTASIDA HAMKORLIK KO’LAMLARI YANADA KENGAYADI

2024-06-08 12:55:13 1622
Amaliy tashrif bilan Turkiyada bo’lib turgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi vakillari safarning dastlabki kunida Istanbulda Akkol Catering Group, Dansuk Mühendislik kompaniyalari hamda Türkiye Hastanesi tibbiyot majmuasi rahbarlari bilan qator samarali uchrashuvlar o’tkazdilar.
Bugungi kunda 5 ta mamlakatda faoliyat olib borayotgan, Turkiyada ko’plab yirik ishlab chiqarish kompaniyalari hamda muassasalarga keytering va autsorsing usulida sifatli ovqat yetkazib berayotgan, shuningdek, Akkomarka xalqaro restoranlar tarmog’ida ega Akkol Catering Group kompaniyasi bilan muzokaralarda Farg’ona viloyatida keytering va autsorsing usulida sifatli ovqatlanish tizimini joriy etishda hamkorlik qilishga kelishildi, viloyatimizda xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida Akkol Catering Group tomonidan Farg’onada zamonaviy turk restorani ochish investitsion loyihasi amalga oshiriladigan bo’ldi.
Viloyatimiz delegatsiyasi a'zolari Türkiye Hastanesi nomi bilan xalqqa zamonaviy tibbiy xizmatlar ko’rsatuvchi tibbiyot majmuasida ham bo’ldilar. Turkiyaning eng yirik xoldinglaridan biri – İhlas Grubu tarkibiga kiruvchi, diagnostika va davolash sifati bo’yicha mamlakatning eng yuqori darajadagi tibbiyot muassasalaridan biri bo’lgan Türkiye Hastanesi rahbariyati bilan o’tkazilgan muzokaralarda Farg’onada zamonaviy tibbiyot maskani tashkil etish investitsion loyihasi muhokama qilindi. Shuningdek, viloyatimiz shifokorlari hamda hamshiralarining Türkiye Hastanesida malaka oshirishini yo’lga qo’yish, tibbiyot turizmi sohasida hamkorlik qilish masalalarida ham kelishib olindi.
1972 yildan beri faoliyat ko’rsatib kelayotgan, Yaqin Sharq va Bolqon davlatlarida ham ko’plab loyihalarni amalga oshirgan Dansuk Mühendislik kompaniyasi bilan muzokaralarda viloyatimiz hududida barpo etilayotgan ko’p qavatli binolar uchun HVAC (isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash) tizimlarini loyihalash, mahalliylashtirilgan usulda ishlab chiqarish hamda o’rnatish masalasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Muhandislik texnologiyalarida Turkiyaning eng old kompaniyalaridan biri bo’lgan Dansuk Mühendislik, Koç Holding va Arçelik – LG kabi dunyoga taniqli brendlarning hamkori hisoblanadi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram