Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
TURK SARMOYADORLARI FARG’ONADA QATOR INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDA
2024-06-10 10:54:29 1484
Amaliy tashrif bilan Turkiyada bo’lgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi vakillari Karakaya 86, Gürsoy Grup, KC Kimya hamda Farmicca kompaniyalarida bo’lib, ushbu kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar o’tkazdilar. Uchrashuvlarda hamkorlikning aniq istiqbollari belgilab olindi, viloyatimiz hududida investitsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Tuproqsiz qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Farmicca Tarım Teknolojileri A.Ş. kompaniyasi ta'sischilari Jem Sezer va Bilal Shirin bilan o’tkazilgan uchrashuvda viloyatimizda aqlli texnologiyalarga asoslangan, gidroponika usulida ekologik toza qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish majmuasi barpo etish investitsion loyihasi bo’yicha kelishuvga erishildi.
Qisqa muddatda kompaniya tomonidan majmua loyihasini ishlab chiqilishiga hamda muzokaralarni davom ettirish uchun Farg’onaga tashrif tashkillanishi belgilandi. Viloyatimiz vakillari Farmicca kompaniyasida tuproqsiz qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish usullari bilan ham tanishdilar. Dunyoda 5 tagina rivojlangan mamlakatda bunday yuqori texnologik tuproqsiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish kompaniyalari mavjud bo’lib, Turkiyada ushbu loyiha 10 mln. dollar sarmoya hisobiga amalga oshirilgan.
Metallar uchun elektrostatik kukun bo’yoq ishlab chiqarishda Turkiyaning eng peshqadam kompaniyalaridan biri bo’lgan KC Kimya A.Ş. kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Jebrail Kamaji ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari dunyoning ko’plab mamlakatlariga, shu jumladan, O’zbekistonga ham eksport qilinayotganini, mamlakatimizdagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlari tobora oshib borayotgan talab uchun yetarli emasligidan xabardor ekanini qayd etdi.
KC Kimya tomonidan O’zbekistonda ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish rejasini Farg’onada amalga oshirish bo’yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Kompaniya rahbarlari iyun oyi oxirgi o’n kunligida muzokaralarni davom ettirish uchun Farg’onaga keladigan bo’ldi.
Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg’ona delegatsiyasi a'zolari avtomobilsozlik sanoatida kataforez usulida metal yuzasiga ishlov berishga ixtisoslashgan, Turkiyaning turli hududlarida 6 ta ishlab chiqarish korxonasiga ega bo’lgan Karakaya 86 kompaniyasi ishlab chiqarish majmuasida ham bo’ldilar.
Kompaniya rahbari Xasan Karakaya O’zbekistonda, qolaversa, Markaziy Osiyo mintaqasida avtomobilsozlik sohasi jadal rivojlanib borayotgani, bu katta salohiyatli bozorga qiziqishlari yuqori ekanini bildirdi. Farg’onada investitsion ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish borasida hamkorlikda ish tashkil etiladigan bo’ldi.
Gürsoy Grup tarkibiga kiruvchi, temir yo’llari qurilishida ishlatiladigan ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Gürmak Demiryolu kompaniyasi boshqaruv kengashi rahbari Mexmet Gyursoy bilan o’tkazilgan uchrashuvda O’zbekistonda temir yo’llari sohasida so’nggi yillarda amalga oshirilgan yirik loyihalar haqida so’z bordi. “Xitoy – Qirg’iziston – O’zbekiston” temir yo’li qurilishi to’g’risida bir necha kun avval imzolangan bitimni ahamiyatiga alohida to’xtalgan Mexmet Gyursoy, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etishga hamda ishlab chiqarish jarayonlarini Farg’onada mahalliylashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Bu borada mutasaddi idoralar bilan birgalikda muzokaralarni davom ettirishga kelishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram