Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA HUDUDIY TARMOQLARARO SANOAT YARMARKASI ISH BOSHLADI

×

 2024-06-13 16:15:45    1918

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg‘ona viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Farg‘ona shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan yarmarkaning ochilish marosimida viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akmal Po‘latov, viloyat hokimining o‘rinbosarlari Nuriddin Mamajonov, Xurshidjon Ahmedovlar ishtirok etdilar. Tadbirda shuningdek, qo‘shni Qirg‘izistonning Qizilqiya shahri meri Asilbek Matkalikov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham qatnashdilar.

Sanoat yarmarkasi ochilishida so’z olganlar tomonidan tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, sanoatni ham tarmoqlararo rivojlantirish, har bir tarmoqqa alohida qaror va imtiyoz, mablag’lar ajratish, qolaversa, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni o’zimizda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, iqtisodiyot rivojining asosiy omili bo’layotgani qayd etildi.

Shuningdek, qo’shni Qirg’izistondagi imkoniyatlardan foydalangan holda tadbirkorlar uchun manfaatli hamkorlik yo’lga qo’yilgani, korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish, mahalliylashtirishni kengaytirish, shuningdek, mahalliy korxonalar o’rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirishdan iborat ekanligi ta'kidlandi.

Sanoat yarmarkasida ham o’zaro manfaatli va foydali kelishuvlar bo’lishiga, yangi loyihalar, g’oyalar tug’ilishiga tilak bildirildi.

Mehmonlar yarmarkada viloyatlardan tashrif buyurgan 200 dan ziyod to’qimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, qurilish materiallari, kimyo sanoati, elektrotexnika, avtomobilsozlik korxonalari mahsulotlari va viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan boshqa sanoat mahsulotlari namunalari, o’zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar, sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylashtirishga taklif qilinayotgan mahsulotlar hamda istiqbolli loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.

Farg’ona viloyati Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ertaga, 14 iyun kuni ham davom etadi.







































































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram