Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZ PILLAKORLARI REJANI ORTIG’I BILAN BAJARISHDI
2024-06-14 14:26:15 1517
Farg’ona viloyati pillakorlari tomonidan bu yil 46 ming 436 quti ipak qurti parvarishlandi, 2 ming 795 tonnadan ziyod “kumush tola” yetishtirilib, reja ortig’i bilan bajarildi.
Yozyovon, Buvayda, Beshariq tumani pillakorlari birinchilardan bo’lib marraga yetib keldilar. O’rtacha hosildorlik 60,2 kg ni tashkil etmoqda.
Har bir kilogramm pilla hosili uchun bu yil 35 ming so’mdan tarozi ustida naqd pul to’lab berildi. E'tiborlisi, dastlabki mavsumda sohada 15 ming 183 nafar doimiy, 89 ming 789 nafar mavsumiy, jami 104 ming 972 nafar aholi bandligi ta'minlandi.
Xom ashyo bazasini yaratish maqsadida 12 ming 250 dona tut ko’chatlari ekish rejalashtirilgan, bahorgi mavsumda 7 ming 370 tup tut ko’chatlari ekilgan bo’lsa, 4 ming 880 tup tut ko’chatlari kuz mavsumida ekiladi.
Aytish joiz, viloyatda ishsiz yoshlarni doimiy ish o’rni bilan ta'minlash, oilalar uchun qo’shimcha daromad manbai yaratishda pillachilik muhim o’rin tutadi. Yil mobaynida 2-3 marta ipak qurti boqish natijasida yillik mehnat stajiga ega bo’lish mumkinligi yil sayin pillakorlar safi kengayishini ta'minlamoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram