Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI HAMDA XITOYNING SHENSI PROVINTSIYASI O’RTASIDA KO’P TOMONLAMA HUDUDLARARO HAMKORLIK YO’LGA QO’YILMOQDA
2024-06-19 12:30:02 1292
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida Shensi provintsiyasida bo’ldi.
Shensi provintsiyasi gubernatori Chjao Gan boshchiligidagi Shensi rasmiylari bilan keng doirada o’tkazilgan muzokaralarda ikki hudud o’rtasida to’g’ridan to’g’ri hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
O’zbekiston va Xitoy davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodalari va ezgu tashabbuslari bilan ikki davlat o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalar tobora kuchayib borayotgani, Farg’ona va Xitoy o’rtasida ham o’zaro savdo aylanmasi hamda viloyatimizga kirib kelayotgan Xitoy investitsiyalari hajmi yil sayin o’sib borayotgani viloyat hokimi tomonidan uchrashuv davomida alohida qayd etildi.
Avtomobilsozlik, neft va gaz sanoati, mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoati, turizm, oliy ta'lim sohalarida Xitoyning yetakchi hududlaridan biri bo’lgan Shensi provintsiyasida 40 mln. aholi istiqomat qiladi.
Bo’lib o’tgan uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsion hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar, turizm, sport sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalarida hamkorlik bo’yicha kelgusi qo’shma chora-tadbirlar aniq belgilab olindi. 110 ta oliygoh, 1800 dan ziyod Tadqiqot va rivojlantirish (R&D) markazlari joylashgan Shensi provintsiyasi bilan viloyatimiz o’rtasida oliy ta'lim, kadrlar tayyorlash hamda ilmiy sohalarda hamkorlik bo’yicha ish tashkil etilishiga ham kelishib olindi. Ikki hudud yoshlari o’rtasida doimiy ravishda qo’shma tadbirlar o’tkazib borilishi belgilandi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Shensi provintsiyasi gubernatori Chjao Ganni viloyatimizga taklif qildi va bu taklif ijobiy qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram